Logo

Turdimovning o‘rniga Sirdaryoga yangi hokim keldi

Бугун 20:031 дақиқа

Doniyor Qodirov Sirdaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Turdimovning o‘rniga Sirdaryoga yangi hokim keldi

Bugun, 12-oktabr kuni Doniyor Baxtiyorovich Qodirov Sirdaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tegishli farmonni imzoladi.

Mazkur tayinlovga qadar u 2025 yil 14-iyuldan buyon Prezident administratsiyasining Jamoat xavfsizligi va qonun ustuvorligi masalalari departamentiga rahbarlik qilib kelayotgan edi.

Bundan avval Qodirov qariyb ikki yil davomida Prezidentning huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimida ishlagan.

Sirdaryo viloyatidagi ushbu tayinlov Erkinjon Turdimovning markaziy hukumatga o‘tishi ortidan amalga oshirildi. Turdimov 9-oktabr kuni Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari — ta’lim va ilm-fan vaziri etib tayinlangan, shu munosabat bilan viloyat hokimi lavozimidan ozod etilgan edi.

Теглар

Мавзуга оид

Turdimovning o‘rniga Sirdaryoga yangi hokim keldi | Vaqt.uz