«Behzod Musayev qonundan avval kamida axloqiy jihatdan lavozimini tashlab ketishi kerak edi» — jurnalist
Fikr vaqti dasturining navbatdagi sonida O‘zbekiston migratsiya tizimi va u bilan bog‘liq muammoli jihatlar tahlil qilindi. Dastur davomida chiqish qilgan huquqshunos Botirjon Shermuhammad migratsiya sohasidagi shubhali bo‘lgan qator jihatlarga e’tibor qaratgan bo‘lsa, jurnalist Sanjar Said o‘zi bilan bog‘liq turli qonunbuzaliklar tekshirilayotgan paytda agentlik rahbari Behzod Musayev kamida ahloqiy sabablar bilan lavozimini tark etishi kerak edi, deya fikr bildirdi.
Ilyos Safarov:
— Belarusdagi vaziyat O‘zbekistonda migratsiyaga oid yagona salbiy, munozarali holat emas. Koreyaga ishga yuborish bilan bog‘liq juda katta jinoyat ishi va bu ish doirasida tergov boshlanib, qidiruvlar e’lon qilinganiga ko‘p bo‘lmadi. Undan avval ham soha rahbarlar qamalgan, yana chiqqan va yana jinoyat qilgan holatlar ko‘p. Nima deysizlar, nega bu sohada bizda tartib yo‘q, tizim yo‘q va tozalab bo‘lmas soha bo‘lib qolyapti?
— Botirjon Shermuhammad:
— Endi balkim biz jamoatchilik o‘zimiz ham bir talab qilishimiz kerakdir. Mana biz yaqinda bir yangi narsani ochdik, e’lon qildik o‘zimizning saytimizda ham. Muammo shundaki, mana savol berdingiz-ku, nega migratsiya agentligi statistika qilib bermayapti? Endi savol tug‘iladi, migratsiya agentligining xayolida nima?
Men sizga aytaman nimaligini. Tasavvur qiling, migratsiya agentligi Janubiy Koreyaga ishga yuborish, Janubiy Koreya emas, umuman chetga tashkiliy ravishda ishga yuborishni... Ishga yuborishda migratsiya agentligi fuqarolarni rekruting bilan shug‘ullanganligi uchun sharh oladi, pul oladi. Ya’ni tariflari bor. Shu tariflari qilingan buyruqni qabul qilgan, o‘sha Behzod Musayev imzosi bilan qabul qilgan va mana shu buyruqni xizmat doirasida foydalanish uchun grifini qo‘yib qo‘ygan. Ya’ni buni jamoatchilikdan yashirib qo‘ygan. Bu na Lex.uz'da bor, na bir migratsiya agentligining axborot resursida biror marta e’lon qilingan. Bu narsa biror marta e’lon qilinmagan, Lex.uz'da ham yo‘q.
— Sen o‘zingga to‘g‘ri bo‘lsang, o‘zingga shaffof bo‘lsang, nima qilasan uni yashirib?
— Xuddi shunday. Ochiq e’lon qilib qo‘y. Sen fuqarolardan pul olyapsan, davlat xizmati, davlat organi tomonidan xizmatlar uchun pul olinyapti. Endi uni nimasi — uni hajmi e’lon qilinmaydi, yashiriladi. A bu yashirin bo‘lar ekan, potensial korrupsiyaning makoni bo‘ladi-ku.
Sanjar Said:
— Endi yashirilishining sababi ham bor-da, sababi juda ham qimmat. Mana 50 BHM bo‘ladi. 40 BHM 16 million 400... 16 million 400 mingmidi? 16 million 400 ming atrofidagi pulni hamma imtihon, hammadan o‘tib, hamma xarajatlarni to‘lab bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosidan faqatgina rekruting xizmati, ya’ni o‘zining xizmati uchun olyapti. Bunga nima kiradi degan savolga javob yo‘q.
— Koreyaga ishchi yuboradigan faqat O‘zbekiston emas, qo‘shni davlatlar ham bor. Atrofimizda Tojikiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston bo‘lishi mumkin. Ularda vaziyat qanday ekan? Mana shuning o‘zida ham nima qiladi-ku, oydinlashadi.
— Botirjon Shermuhammad:
— Shuni biz tahlil qilyapmiz hozir. Yarim ma’lumot keldi, yarim kelgan yo‘q, lekin hozirgacha kelgan ma’lumot bo‘yicha Tojikiston, Qirg‘iziston o‘z fuqarolaridan hech qanday pul olmas ekan. Ya’ni o‘sha rasmiy 28 AQSH dollari miqdorida koreys tili bo‘yicha imtihon bor, unga olinadi. Undan boshqa to‘lov yo‘q.
Bizda bilasizmi, mana shu koreys tilidan 28 dollar. Undan tashqari, tibbiy ko‘rik 1 million so‘m. Undan tashqari, o‘sha 40 BHM — 16 million 400 ming so‘m xizmat uchun. 10 BHM ko‘niktirish darslari uchun — 4 milliondan oshiq. Va undan tashqari, 70 dollar bilamiz o‘sha Koreyaning elchixonasidan olinadigan, konsuldan olinadigan viza naqd puli, undan tashqari o‘sha aviabilet puli, aviachiptaning puli. Ya’ni bitta O‘zbekiston fuqarosi, agar siz hech qanaqa korrupsiya qo‘shmasdan, halol yo‘l bilan bormoqchi bo‘lsangiz, kamida 25 million so‘m pul sarflaysiz.
— Ular o‘zi ishsizlikdan ketyapti. Ishga ketayotgan odam, u yana necha oy tayyorgarlik ko‘rgan, koreys tilidan pul sarflagan, vaqt sarflagan.
Botirjon Shermuhammad:
Bitta narsa bor, bu hali rasmiy to‘lovlar. Rasmiy to‘lov. U bilamiz, korrupsiyaga botgan.
Bu bilan juda kam odam ketgan, birinchidan. Ikkinchidan, mana shu rasman e’lon qilinmaganligi, xizmat doirasida foydalanish uchun ekanligi... Kecha men gaplashdim bir qancha odamlar bilan. Migratsiya agentligi xodimlari xohlagan narxni aytar ekan. Masalan, keldi, "biletga pul yuboring 7 million, 6 million, 9 million" deyaverar ekan. U aslida 3 million bo‘lishi mumkin. Hech kim unga norozilik bildirib, etiroz qilib, "nega unaqa" deyolmas ekan. Chunki qo‘rqar ekanki, "ertaga meni yubormay qo‘yadi" degan maqsadda.
— Albatta, buncha to‘lovni qilib, qarzga botib ketgandan keyin ishdan tashqari ishlashga majbur bo‘ladi. U yerda albatta keyin jinoyatchi qatorida ko‘riladi. Davlatning ishchilar orqali obro‘yi tushadi, fuqarolar kamayadi.
Botirjon Shermuhammad:
— Endi agentlikdan so‘rasangiz, "nega buni yashirib olgansizlar", desangiz aytadiki: "Endi, — deydi, — nima, migratsiya agentligi davlat budjetidan pul olmaydi, — deydi, — biz o‘zimizni o‘zimiz ta’minlashga harakat qilyapmiz", — deydi. Ko‘ryapsizmi? Agentlikning xayolida nima? Agentlikning xayolida — pulni aholidan olib, o‘zini ta’minlab, uni yashirib olish.
— Sanjar Said:
— Endi bitta narsasi bor bu yerda, faqat Koreyaga 50 BHM. Qolgan davlatlarda unaqa emas. Yaponiya 10 BHM, Rossiyalar tekin.
— Йилнинг oxirigacha Rossiya, Yevropa, arab mamlakatlariga pul olinmas ekan. Ya’ni 3000-4000 atrofidagi O‘zbekiston fuqarosi — Koreyaga ketayotganlar, butun O‘zbekistonning, butun O‘zbekistonning migratsiya agentligining budjetini to‘ldirib, boshqa davlatlarga yuborishni ham ta’minlab berishi kerak ekan.
— Shu agentlikning rahbari Behzod Musayev bilan bog‘liq ehtimoliy qonunbuzarliklar va boshqa turli ayblovlar huquq organlari tomonidan tekshirilyapti va normal jarayonda Musayev mana shu tekshiruvlar tugagunga qadar ham ish faoliyatidan chetlashtirib turilishi kerak emasmidi?
— Sanjar Said:
— Qonuniy jihatini bilmadim, lekin axloqiy jihatdan umuman lavozimini tashlab ketishi kirak edi. Iste’foga chiqishi kerak edi. Normal davlatlarda, normal jamiyatlarda kichkinagina muammo uchun ham vazirlar, kerak bo‘lsa prezidentlar, bosh vazirlar iste’foga chiqadi. Vijdonsizlik, axloqsizlik urchigani uchun ham shunaqa holatlar bizda ko‘paygan.
— Botirjon Shermuhammad:
— Endi hech bo‘lmaganda ommaga chiqib, bir tushuntirish berilishi kerak edi, intervyu berilishi kerak edi. Mana biz rasmiy xat qilib, so‘rov yuborganmiz savollarga, hali javob olganimiz yo‘q. Intervyu taklif qilganmiz, hali kelgan hech kim rozilik bergan yo‘q.
Ya’ni bunaqangi krizis paytida — mana PR bo‘yicha mutaxassis aytyapti — nima aytish mumkin, ya’ni davlat organi nima qilishi kerak? O‘zini hamma joydan yashirib, hech narsa bo‘lmagandek tutishi kerakmi yoki bunaqangi jiddiy iddaolar kelyapti, ovozlari bor, hujjatlar ko‘rsatilyapti. U haligi bir shunchaki osmondan olib turib e’lon qilingan narsa emas-ku. O‘zining sobiq xodimi tomonidan o‘zaro yozishmalardagi ovozlar — u hali ekspertizaga berilishi kerak, boshqa.
Huquq organlariga tashlandi, mana ishlanyapti.
Ya’ni bu yerdan chiqib birdan mana shu tushuntirish berilishi kerak edi. O‘sha iddaolarga bir izoh berilib, odamlarning savollariga javob berish. Hozir nima bo‘lyapti? Hammamiz o‘tirib mish-mishlarni muhokama qilib o‘tiribmiz-da nima bo‘lganda. Bu narsa albatta shu savollar urchishiga olib kiladi, odamlarda ishonchsizlik paydo qiladi.
Intervyuni to‘liq holda quyidagi havola orqali tomosha qilishingiz mumkin.
Teglar






