add

Dam olish kunlari harorat -2 darajagacha sovib ketishi kutilmoqda

28.11.2025 | 18:582811 daqiqa

Shanba va yakshanba kunlari O‘zbekiston bo‘ylab harorat biroz pasayadi. Kechasi harorat -2...+3 daraja, kunduzi +10...+15 daraja atrofida bo‘ladi.

Dam olish kunlari harorat -2 darajagacha sovib ketishi kutilmoqda

Dam olish kunlari O‘zbekiston bo‘ylab havo harorati -2 darajagacha tushib ketishi mumkin. Bu haqda O‘zgidromet ma’lumot berdi.

Juma kuni O‘zbekistonning katta hududida quruq va iliq ob-havo saqlanib turadi. Kunduzi harorat +15...+18 daraja iliqqacha isiydi. Faqat Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida harorat +5...+10 daraja iliqqacha pasayadi.

Dam olish kunlari Respublika bo‘ylab yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat 2-3 darajaga pasayadi. Kechasi -2...+3 daraja, kunduzi +10...+15 daraja atrofida bo‘ladi. Shimolda kechasi 0...-5 daraja sovuq, kunduzi +5...+10 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning ba’zi joylariga tuman tushishi mumkin. Biroz kuchsiz shamol sharqdan esib turadi.

Toshkentda ham yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda esib turadi. Havo harorati juma kuni kunduzi +15...+17 daraja iliq bo‘ladi. Shanba va yakshanbada esa kechasi 0...+3 daraja, kunduzi +11...+14 daraja atrofida bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Vaqt.uz Toshkentda yomg‘ir Konstitutsiya kuni bayrami arafasida yog‘ishi mumkinligi haqida xabar bergan edi.

Teglar

Mavzuga oid