Logo

JCH-2026. Braziliya va Marokash g‘alaba qozonib guruhdan chiqdi, Vinisiusda dubl

Bugun 04:571 daqiqa

Neymar uzoq tanaffusdan so‘ng «pentakampeonlar» safida maydonga tushdi.

JCH-2026. Braziliya va Marokash g‘alaba qozonib guruhdan chiqdi, Vinisiusda dubl

Jahon chempionatida S guruhi bahslari yakuniga yetdi.

Braziliya (7) Shotlandiya (3) darvozasiga javobsiz 3 ta to‘p kiritib, 1-o‘rin bilan pley-offga chiqdi. Vinisius dublga erishib, turnirdagi gollarini 4 raga yetkazib oldi. Neymar esa deyarli 3 yillik tanaffusdan so‘ng «pentakampeonlar» safida maydonga tushdi.

Marokash (7) esa 6 ta gol urilgan bellashuvda Haitidan (0) ustun kelib, 2-o‘rin bilan 1/16 finalga yo‘l oldi.

3-o‘rinni olgan Shotlandiya qolgan guruhlardagi natijalarni kutadi.

JCH-2026. S guruhi. 3-tur. 24-iyun
Shotlandiya — Braziliya 0:3
Gollar:
Vinisius (7, 45+3), Kunya (60).
Shotlandiya — Gann, Patterson (Relston, 82), Makkenna, Hendri, Robertson (Tirni, 46), Doak (Kristi, 82), Maklin, Fergyuson, Makgin (Kertis, 90+1), Maktominey, Shenklend (Adams, 90+1).
Braziliya — Alisson, Danilo, Markinos, Gabriel, Duglas (Sandro, 82), Gimaraes, Kazemiro (Fabinio, 65), Paketa (Martinelli, 66), Rayan (Endrik, 82), Vinisius, Kunya (Neymar, 76).
Ogohlantirishlar: Danilo (62), Fabinio (83), Kristi (90).

Marokash — Haiti 4:2
Gollar:
Hakimi (39), Saybari (45+2), Rahimi (78), Yosin (89) — Bunu (10, avtogol), Izidor (43).
Marokash — Bunu, Hakimi, Halhal, Riad, Saloh-Eddin (Mazraui, 83), Amrabat, Al Aynaui (Al Murabet, 83), Dias (Unai, 70), Saybari (Rahimi, 70), Al Hannus, Al Kaabi (Yosin, 70).
Haiti — Plasid, Dyuvern (Karlen, 80), Ade, Delkrua, Eksperiyens, Kasimir, Danli (Simon, 80), Belgard, Providens (Nazon, 67), Jozef (Piyerro, 84), Izidor (Didson, 67).
Ogohlantirishlar: Nazon (79), Kasimir (90+4).

Россия - Украина уруши

Futbol bo‘yicha Jahon chempionati 2026

JCH-2026 o‘yinlariga oid barcha xabarlar bitta havolada.

Mavzuga oid