
Qozog‘iston va AQSH muhim memorandum imzoladi
Memorandum foydali qazilmalar sohasidagi loyihalarni amalga oshirish uchun yangi imkoniyatlar ochishi, shu orqali Qozog‘iston iqtisodiyotini xalqaro bozorlarga integratsiya qilishni kuchaytirishi kutilmoqda.

6 noyabr kuni Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev rasmiy tashrif bilan Vashingtonga yetib bordi. Tashrif doirasida Qozog‘iston va Amerika Qo‘shma Shtatlari o‘rtasida kritik ahamiyatga ega bo‘lgan minerallar sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi. Bu haqda Akorda matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, hujjatga Qozog‘iston sanoat va qurilish vaziri Yersayin Nag‘aspayev hamda AQSH savdo vaziri Govard Latnik imzo qo‘ygan.
Qosim-Jomart To‘qayevning tashrif dasturi davlat kotibi Mark Rubio, savdo vaziri Govard Latnik hamda AQSH prezidentining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Serjio Gor bilan uchrashuvdan boshlangan.
Uchrashuv ishtirokchilari ikki tomonlama va mintaqaviy kun tartibining asosiy jihatlari yuzasidan fikr almashgan.
Qosim-Jo‘mart To‘qayevning Donald Tramp bilan muzokaralar o‘tkazishi va «Markaziy Osiyo - AQSH» sammitida ishtirok etishi rejalashtirilmoqda.





