Logo

Rossiyada bank tizimi kutilmaganda inqirozga uchrashi mumkin — «Reuters»

Bugun 17:552 daqiqa

2025-yilda 500 mingdan ortiq rossiyalik bankrot deb e’lon qilingan va hozirda 13 milliondan ortiq odam kamida uchta kreditni to‘lamoqda.

Rossiyada bank tizimi kutilmaganda inqirozga uchrashi mumkin — «Reuters»

Rossiya bank tizimi «portlovchi» inqirozga duch kelishi mumkin. Bu haqda «Reuters» agentligi Yevropa mamlakatlaridan birining maxfiy razvedka hisobotiga tayanib xabar berdi.

Hujjat iyun oyida Yevropa Ittifoqining 21-sanksiyalar paketi bo‘yicha muhokamalar oldidan Yevropa rasmiylari uchun tayyorlangan. Hisobot mualliflari Rossiya hukumati banklarni mudofaa sanoati korxonalari, mintaqaviy hukumat loyihalari va uy sotib oluvchilarga faol ravishda kredit berishga majburlamoqda, davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash dasturlari va qarzlarni qayta tuzish esa moliyaviy xavflarning to‘planib borayotganini yashirmoqda, deb hisoblaydi.

Hujjatda korporativ kreditlarning taxminan 10 foizi muammoli bo‘lib qolgani va ba’zi yirik banklarda muammoli chakana kreditlarning ulushi o‘tgan yili 15 foizga yetgani aytilgan. Bundan tashqari, 2025 yilda 500 mingdan ortiq rossiyalik bankrot deb e’lon qilingan va hozirda 13 milliondan ortiq odam kamida uchta kreditni to‘lamoqda.

Hisobotda aytilishicha, bank sektoriga qarshi yangi sanksiyalar kabi jiddiy iqtisodiy zarba moliyaviy inqirozga olib kelishi mumkin. Rossiya banki hujjat mualliflarining xulosalari bo‘yicha «Reuters» agentligiga izoh berishdan bosh tortgan.

O‘z navbatida, agentlik suhbatlashgan mutaxassislardan biri iqtisodiy pasayishga qaramay, davlat xarajatlarining yuqori darajasi va moliya tizimi ustidan nazorat yaqin kelajakda bank inqirozi ehtimolini kamaytiradi, deb ta’kidladi. Yevropa Ittifoqining 21-sanksiyalar paketi iyul oyi qabul qilinishi mumkin. Cheklovlar taxminan 90 ta Rossiya bankiga, shuningdek, kriptovalyuta tarmoqlariga, dron ishlab chiqaruvchilariga, neft savdogarlariga va neftni qayta ishlash zavodlariga qaratilgan bo‘lishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning neft eksporti rekord darajaga yetgandi. Chunki mahalliy neftni qayta ishlash quvvatlarining uchdan bir qismigacha yo‘qotilishi kompaniyalarni ko‘proq xom neft eksport qilishga majbur qilmoqda.

Teglar

Mavzuga oid

Rossiyada bank tizimi kutilmaganda inqirozga uchrashi mumkin — «Reuters» | Vaqt.uz