add

Ukraina dengizda urush qoidalarini o‘zgartirdi — «The Atlantic»

Bugun 08:582 daqiqa

«The Atlantic» nashri tahliliga ko‘ra, Ukraina dengizdagi urush taktikasini tubdan yangiladi, AQSH esa hanuz yirik harbiy kemalar konsepsiyasiga tayanayotganini ko‘rsatmoqda.

Ukraina dengizda urush qoidalarini o‘zgartirdi — «The Atlantic»

Amerikaning «The Atlantic» nashrida e’lon qilingan tahlilga ko‘ra, Ukraina dengizda urush olib borish usullarini jiddiy o‘zgartirgan, AQSH esa hali ham o‘tgan asr strategiyalariga suyanib qolmoqda. Mualliflar bu fikrni Vashingtonning yirik harbiy kemalarga ustuvor ahamiyat qaratayotgani bilan izohlaydi.

Nashrning eslatishicha, AQSH prezidenti Donald Tramp yaqinda yangi linkorlar yaratish rejalarini tilga olgan. AQSH harbiy-dengiz kuchlari esa bu kemalar «tarixdagi eng o‘limvor yuzaki jang kemalari» bo‘lishini ta’kidlagan. Biroq «The Atlantic» bunday yondashuv tez o‘zgarayotgan dengiz tahdidlariga mos kelmasligini qayd etadi.

Nashr fikricha, AQSH Ukraina tajribasini jiddiy o‘rganishi lozim. Xususan, so‘nggi oylarda Ukraina Qora dengiz, Atlantika va O‘rta yer dengizida neft tashuvchi tankerlarga qarshi hujumlar amalga oshirdi. Bu hujumlar asosan arzon, ammo samarali bo‘lgan «Sea Baby» kabi dengiz dronlari orqali uyushtirilgani qayd etilgan.

Tahlilda aytilishicha, ushbu kemalar ehtimol Rossiyaning «xufiyona floti» tarkibiga kirgan va ularga berilgan zarbalar Kremlning neft daromadlariga jiddiy putur yetkazmoqda. Bu holat zamonaviy qarshi kema texnologiyalari qanchalik arzon va ommaviylashib borayotganini ko‘rsatadi.

Nashr, shuningdek, dengiz dronlarini suv osti kemalari bilan birgalikda qo‘llash kelajakda ayniqsa xavfli kombinatsiyaga aylanishini ta’kidlaydi. Bundan tashqari, havo dronlari ham savdo va harbiy kemalar uchun jiddiy tahdid bo‘lib qolmoqda.

Mualliflar Ukraina tomonidan qo‘llangan «Neptun» qanotli raketa orqali Rossiyaning yirik harbiy kemalari yo‘q qilinganini eslatib, bunday qurollar hatto aviatashuvchi kemalar uchun ham katta xavf tug‘dirishini ta’kidlaydi.

Yakuniy xulosada, «The Atlantic» ehtimoliy AQSH–Xitoy to‘qnashuvi dengizda mutlaqo yangi urush qoidalariga asoslanishini, aks holda AQSH uzoq davom etadigan mintaqaviy urushda ustunlikni yo‘qotishi mumkinligini qayd etadi.

Teglar

Mavzuga oid