add

Counter-Strike 2, Dota 2 va GTA musulmonlar uchun taqiqlangan — Qozog‘iston musulmonlari boshqarmasi

26.06.2025 | 18:4019883

Qozog‘iston musulmonlari boshqarmasi ba’zi mashhur o‘yinlarni shariat nuqtai nazaridan man etdi.

Counter-Strike 2, Dota 2 va GTA musulmonlar uchun taqiqlangan — Qozog‘iston musulmonlari boshqarmasi
Qozog‘iston musulmonlari boshqarmasi (QMB) Counter-Strike 2, Dota 2, GTA, League of Legends, Minecraft va Genshin Impact kabi mashhur kompyuter o‘yinlarini shariat nuqtai nazaridan o‘ynash mumkinmi, degan savolga rasmiy javob berdi. Boshqarma musulmonlarga qaysi turdagi kompyuter o‘yinlarini o‘ynash mumkinligini ham ma’lum qildi. Boshqarma ma’lum qilishicha, targ‘ibotida zo‘ravonlik, qotillik, urush, xudosizlik yoki dinni masxara qilish kabi sahnalar mavjud bo‘lgan barcha o‘yinlar qat’iyan man etilgan. Shuningdek, Qozog‘iston musulmonlari boshqarmasi kompyuter o‘yinlaridagi qimor elementlariga ham alohida e’tibor qaratdi. QMB ta’kidlashicha, o‘yinlarda qimor unsurlari bo‘lmasligi shart. Boshqarma bu masalada Qur’oni Karimning «Moida» surasining 90-oyatini keltirgan: «Ey iymon keltirganlar! Albatta, xamr (araq), qimor, butlar va fol ochadigan cho‘plar iflosdir. Bu shaytonning ishidir. Bas, undan uzoq bo‘ling. Shoyadki, najot topsangiz». Bu so‘zlar bevosita Counter-Strike 2, Dota 2, GTA kabi o‘yinlarga taalluqli, chunki ushbu o‘yinlarda shafqatsizlik va zo‘ravonlik elementlari mavjud. QMB qanday o‘yinlarni o‘ynash mumkinligini ham aniq belgilab o‘tdi: «Ushbu talablarga zid bo‘lmagan mantiqiy, rivojlantiruvchi va ta’limiy o‘yinlar o‘ynash mumkin, deb hisoblanadi. Agar o‘yin shariat talablariga zid bo‘lmasa, orqali dam olish ham mumkin», — deyiladi bayonotda.

Teglar

Mavzuga oid