add

«Eron AQSHga itoat etmaydi» — Oyatulloh Xomanaiy

25.08.2025 | 18:4045984

Eron oliy rahnamosi Oyatulloh Ali Xomanaiy mamlakatga nisbatan AQSHning bosim va talablarini og‘ir haqorat deb baholab, eron xalqi bunday bosimga bor kuchi bilan qarshi turishini bildirdi.

«Eron AQSHga itoat etmaydi» — Oyatulloh Xomanaiy
Eron oliy rahnamosi Oyatulloh Ali Xomanaiyning ta’kidlashicha, AQSHning bosim va talablari og‘ir haqorat hisoblanadi va eron xalqi unga butun kuchi bilan qarshilik qiladi. Bu haqda Al Jazeera xabar berdi. Xomanaiy 24 avgust kuni Tehrondagi diniy marosimda so‘zlagan nutqida: « AQSH Eronni o‘z ta’siriga bo‘ysundirishni xohlamoqda, ammo xalq buni qabul qilmaydi. Shu bilan birga, u AQSH bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokara olib borishni taklif qilayotganlarni vaziyatga yuzaki yondashishda aybladi va bu muammo bunday yo‘l bilan hal etilmaydi» — dedi. Xomanaiy bu bayonotini Eron va Yevropa davlatlari 22 avgust kuni yadro dasturi bo‘yicha muzokaralarni qayta tiklashga kelishganidan keyin aytgan. Agar Tehron muzokaralarga qaytmasa, Fransiya, Germaniya va Buyuk Britaniya BMT sanksiyalarini qayta joriy etishga tayyorligini e’lon qilgan. Ma’lumot uchun, iyun oyida Eron va Isroil o‘rtasidagi 12 kunlik urushda mamlakat yadro ob’ektlariga zarbalar berilgandan so‘ng Tehron Vashington bilan yadro muzokaralarini to‘xtatgan edi. Xomanaiy dushmanning asosiy maqsadi mamlakat ichida ixtilof keltirib chiqarish ekanini ta’kidlab, bunda «amerikalik agentlar va sionistik rejim»ni ayblagan. G‘arb davlatlari esa Eronni yadroviy qurol ishlab chiqishda ayblab kelmoqda. Biroq Tehron bu dastur faqat tinchlik maqsadlariga xizmat qilayotganini ta’kidlaydi. 2015 yilda AQSH va Yevropa davlatlari bilan imzolangan yadroviy kelishuvga ko‘ra, Eron o‘z dasturini cheklash evaziga xalqaro sanksiyalardan ozod qilinishi lozim edi. Biroq Donald Tramp 2018 yilda kelishuvdan chiqib, Tehronga yangi sanksiyalar joriy etgan.

Teglar

Mavzuga oid