add

Eron oliy rahbari Xomanaiy Isroil ustidan g‘alaba qozonilganini e’lon qildi

26.06.2025 | 20:2024163

Eron va Isroil o‘rtasidagi qurolli to‘qnashuvlar to‘xtaganidan so‘ng Ali Xomanaiy birinchi marta xalq oldida chiqish qildi va Tehronning bu mojaroda g‘alaba qozonganini ma’lum qildi.

Eron oliy rahbari Xomanaiy Isroil ustidan g‘alaba qozonilganini e’lon qildi
Tasnim axborot agentligining xabar berishicha, Eron oliy rahbari Ali Xomanaiy Isroilga qarshi olib borilgan harbiy javob harakatlarini muvaffaqiyatli, deb baholadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, «sionistik rejim» Islom respublikasi zarbalari ostida deyarli cho‘kayotgan holatga kelgan. Xomanaiy, shuningdek, AQSH tomonidan Eron hududiga berilayotgan zarbalar natija bermaganini ta’kidladi. Unga ko‘ra, Vashington mojaroga aralashar ekan, Isroil butunlay yo‘q bo‘lishi arafasida ekanini anglab yetgan. Xomanaiy so‘nggi bor 18 iyun kuni chiqish qilgan, o‘shanda u AQSH harbiy aralashuviga javoban «tuzatib bo‘lmas zarar» yetkazilishini aytgandi. Unda u Eron xalqi tahdidlarga bosh egmasligini va tarixiy jasorati bilan tanilganini alohida ta’kidlagan. Mojaro 13 iyun kuni Isroil tomonidan Eronning yadroviy ob’ektlariga hujum qilinishidan boshlandi. Unda bir necha yuqori lavozimli harbiylar yo‘q qilingan. Bunga javoban Eron dron va raketalar bilan Tel Avivni nishonga oldi. 22 iyun kuni AQSH mojaroga qo‘shilib, Fo‘rdu, Natanz va Isfahon yadroviy markazlariga zarba berdi. 24 iyun kuni tongda taraflar o‘t ochishni to‘xtatishga kelishib oldi. Biroq oradan ikki soat o‘tib Isroil, Eron tomonidan yangi raketalar otilganini ma’lum qildi. Shundan so‘ng Isroil harbiy-havo kuchlari Tehron yaqinidagi radiolokatsiya stansiyasiga hujum qildi. AQSH prezidenti Donald Tramp va Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahuning suhbatidan so‘ng, Isroil yangi hujumlardan voz kechdi.

Teglar

Mavzuga oid

Eron oliy rahbari Xomanaiy Isroil ustidan g‘alaba qozonilganini e’lon qildi | Vaqt.uz