add

Ilhom Aliyev Ukrainani hech qachon okkupatsiyaga rozi bo‘lmaslikka chaqirdi

20.07.2025 | 22:307963

Ukrainalik jurnalist Dmitriy Gordonning savollariga javob berar ekan, Ozarboyjon prezidenti «Eng bosh maslahati — hech qachon okkupatsiyaga rozi bo‘lmanglar», dedi.

Ilhom Aliyev Ukrainani hech qachon okkupatsiyaga rozi bo‘lmaslikka chaqirdi
Ozarboyjonning Xonkendi shahrida o‘tgan III global mediaforumida Ukrainalik jurnalist Ilhom Aliyevga Ukraina qurolli kuchlari jangovar brigadalarining shevronlarini sovg‘a qildi. Aliyev tashakkur bildirib, «shunday kurashishda davom etinglar», dedi. Ozarboyjon prezidentining bu maslahati va Ukraina QK shevronlarini qabul qilib olgan rus propagandasining yanada alangalashiga olib keldi. Rossiyaning harbiy bloglari tomonidan dushmanona munosabat sifatida baholandi va Ozarboyjon bilan to‘qnashuv «muqarrar» deb e’lon qilindi. Shanba kuni Xonkendi shahrida o‘tgan mediaforumda Aliyev ukrainalik bloger Dmitriy Gordonga javoban Ukrainani hech qachon okkupatsiyaga ko‘nmaslikka chaqirdi. Shuningdek, u Grozniy ustida havo hujumidan himoya tizimi tomonidan o‘t ochilgan AZAL avialayneri bo‘yicha xalqaro sudga shikoyat berishga tayyorlanayotganini ma’lum qildi. Bu chiqish ortidan Rossiyadagi bir qator Z-blogerlar Bokuni NATOning yangi forposti deb atashdi. «WarGonzo» kanali muallifi Semyon Pegov Ozarboyjonni «rusofob» deb ta’riflab, Rossiya unga qarshi urushga tayyorgarlikni boshlashi kerakligini yozdi. «Zapiski Vyeterana» kanali esa Ozarboyjonning xalqaro koordinata tizimiga o‘tishini geosiyosiy og‘ish, deb baholadi. Yuriy Podolyaka esa Aliyevni keskinlikni kuchaytirishda ayblab, uni faqat «kuch bilan to‘xtatish mumkin»ligini ta’kidladi. Shu bilan birga, ayrim kanallar vaziyatga ehtiyotkorlik bilan yondashmoqda. Masalan, «Arxangel spetsnaza» munosabatlarni qayta ko‘rib chiqish kerakligini aytdi, «Dva-mayora» esa Ozarboyjondan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari importni to‘xtatishni taklif qildi.

Teglar

Mavzuga oid