add

Jinoyat protsessida mamlakatdan chiqish huquqi vaqtincha cheklanishi mumkin

16.08.2025 | 13:0046963

Yangi qonunga ko‘ra, gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi suddan bo‘yin tovlash ehtimoli bor hollarda mamlakatdan chiqishi cheklanadi.

Jinoyat protsessida mamlakatdan chiqish huquqi vaqtincha cheklanishi mumkin
15 avgust kuni qabul qilingan O‘RQ–1081-son qonun bilan jinoyat protsessida majburlov choralari institutiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi. Asosiy yangilik sifatida ayrim shaxslarning O‘zbekistondan chiqish huquqi vaqtincha cheklanishiga doir normalar belgilandi. Qonunga muvofiq, ushbu chora gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchiga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilmagan hollarda ham qo‘llanishi mumkin. Agar shaxs sud jarayonidan uzrsiz sabablarsiz qochib ketishi xavfi mavjud bo‘lsa, uning mamlakatdan chiqishi cheklanishi mumkin bo‘ladi. Bunday qarorni prokuror, tergovchi yoki surishtiruvchi iltimosnoma asosida sudya ko‘rib chiqadi. Iltimosnoma materiallari sudga kelib tushganidan so‘ng 8 soatdan kechiktirmay yopiq majlisda ko‘rib chiqilishi shart. Sudya iltimosnomani ko‘rib chiqqach, chiqish huquqini vaqtincha cheklash yoki rad etish to‘g‘risida ajrim chiqaradi. Qabul qilingan ajrim ustidan 48 soat ichida shikoyat yoki protest bildirish mumkin. Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi va jinoyat protsessida suddan bo‘yin tovlash holatlarining oldini olishga qaratilgan.

Teglar

Mavzuga oid