
O‘zbekistonda non narxi nega oshib bormoqda?
17.08.2025 | 13:002688
Markaziy bank tadqiqotiga ko‘ra, 2020–2025 yillarda non va un mahsulotlari narxi sezilarli darajada ko‘tarilgani kuzatilmoqda.

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, 2020 yildan 2025 yil mayiga qadar birinchi navli undan tayyorlangan non 77,6 foizga, oliy navli undan tayyorlangan non 52,5 foizga, obinon esa 62,4 foizga qimmatlashgan. Shu davrda birinchi navli un 56,9 foizga, oliy navli un esa 73,5 foizga oshgan. Eng katta o‘sish 2022 yilda qayd etilgan, keyingi yillarda esa narxlar barqarorlashishga yaqinlashgan.
- Xususan: 2022 yilda Birinchi navli un 46 foizga, non esa 54,8 foizga; Oliy navli un 39,5 foizga, non esa 25,8 foizga; Obinon esa shu yilda 22,7 foizga qimmatlagan.





