add

Piskent poligoni yopilgandan so‘ng elektromobillar importi rekord darajada oshdi

07.10.2025 | 21:0038843

Sentyabr oyida O‘zbekistonda 11 mingdan ortiq rekord darajaga elektromobil import qildi.

Piskent poligoni yopilgandan so‘ng elektromobillar importi rekord darajada oshdi
Davlat bojxona qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yil sentyabr oyida mamlakatga qiymati 114,4 million dollarlik 11 534 dona elektromobil import qilingan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 7,4 barobar ko‘p bo‘lib, iyul oyidagi rekord natijani ham yangiladi. Eng diqqatga sazovori — import qilingan elektromobillarning o‘rtacha narxi 9,9 ming dollardan oshib, o‘tgan yilgi 4,7 ming dollarlik ko‘rsatkichdan ikki barobar yuqori bo‘lgan. Bu, mutaxassislar fikricha, bozorda yuqori segmentdagi modellar ulushining ortganini anglatadi. Importdagi keskin o‘sish Piskent tumanidagi avtomashina sinov poligoni faoliyati 2 sentyabrdan to‘xtatilgani bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Manbalarga ko‘ra, so‘nggi oylarda mamlakatga olib kirilgan, ammo sinovdan o‘tmagan ko‘plab elektromobillar poligan yopilgandan keyin bir vaqtning o‘zida rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Natijada statistik jihatdan «portlash» ko‘rinishida o‘sish qayd etildi, ammo bu jismoniy import emas, balki avvalgi oylarda to‘planib qolgan mashinalarning rasmiylashuvi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Shu bilan birga, sentyabr oyida benzinda ishlaydigan avtomobillar importi ham miqdor va qiymat jihatidan o‘sishni boshlagani qayd etilgan. Ammo gibrid turdagi mashinalar importi hali ham sun’iy cheklovlar tufayli tiklanmagani ma’lum qilindi. Eslatib o‘tamiz, 2 sentyabrdan avtomobillarni Piskent sinov majmuasida tekshirish to‘xtatilib, bu vazifa rasmiy dilerlar tizimiga o‘tkazilgan edi.

Teglar

Mavzuga oid