add

Toshkent Shimoliy vokzaliga avtomobilda kirishga ruxsat berildi

16.07.2025 | 11:3013833

Shimoliy vokzal hududida yo‘lovchilarga yanada qulaylik yaratish maqsadida avtomobil bilan vokzal kirish qismigacha harakatlanishga ruxsat berildi. Yaqin vaqtlarda barcha vokzallarda shu tizim joriy etiladi.

Toshkent Shimoliy vokzaliga avtomobilda kirishga ruxsat berildi
Toshkentdagi Shimoliy temir yo‘l vokzali hududida avtomobil haydovchilari uchun maxsus yo‘lak tashkil etildi. Endi shaxsiy avtomobillar, taksilar va boshqa transport vositalari vokzal kirish darvozasigacha borishi mumkin. 5 daqiqa ichida kirib-chiqish — bepul; 5 daqiqadan 10 daqiqagacha — belgilangan to‘lov asosida; 10 daqiqadan oshgan holatlarda — jarima qo‘llaniladi. Jarimalar inson omilisiz, maxsus kameralar orqali aniqlanadi va rasmiylashtiriladi. Shuningdek, kirish va chiqish nuqtalarini nazorat qilish uchun shlagbaum va videokuzatuv tizimlari o‘rnatish ishlari davom etmoqda. «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ ma’lumotiga ko‘ra, ushbu amaliyot bosqichma-bosqich mamlakatning barcha yirik vokzallarida joriy qilinadi. Buning uchun maxsus yo‘l xaritasi ishlab chiqilgan. Ma’lumki iyun oyida O‘zbekistondagi barcha vokzallar ko‘p yillar davomida o‘rab turgan to‘siqlar olbb tashlangan. Eslatib o‘tamiz, 2021-yilda prezident ayeroport va vokzal binolariga xavfsizlik talablariga rioya qilgan holda erkin kirishga ruxsat berish to‘g‘risidagi qarorni imzolagan edi. Avvalgi yillarda vokzal va ayeroportlarga kirishga ruxsat berish asta-sekin kuchaytirildi. Yo‘lovchilar bir necha bosqichli nazoratdan o‘tishlari, kuzatuvchi va kutib oluvchilar vokzal va ayeroport binolariga kirishiga yo‘l qo‘yilmagan.

Teglar

Mavzuga oid