1 sentyabrdan o‘zbekistonliklar hayotida nimalar o‘zgaradi?
26.08.2025 | 19:2016 дақиқа
2025 yil 1 sentyabrdan O‘zbekistonda bir qator iqtisodiy, ijtimoiy va turizm sohalarida yangilanishlar joriy etiladi. Yolg‘iz ota-onalarga moddiy yordam ko‘rsatiladi, kichik va o‘rta biznes uchun tekshiruvlar yengillashtiriladi. Quyidagi ro‘yxatda siz nima o‘zgarishlar bo‘lishini aniq va tushunarli shaklda bilib olasiz.

Ish beruvchilarga qo‘yiladigan talablar soddalashtirilmoqda
O‘zbekiston prezidentining 4 avgust kuni imzolagan farmoniga muvofiq, 2025 yil 1 sentyabrdan ish beruvchilar uchun belgilangan quyidagi talablar bekor qilinadi:
- bandlik organlari tomonidan bo‘sh ish o‘rinlariga yuboriladigan shaxslarni ishga qabul qilmaganlik uchun ma’muriy javobgarlik;
- bo‘sh ish o‘rinlari mavjudligi to‘g‘risida hisobotlarni majburiy taqdim etish.
- zargarlik buyumlarini O‘zbekiston hududiga olib kirishda bojxona boji 2 foiz stavkada qo‘llanadi;
- zargarlik buyumlarini «erkin muomalaga chiqarish» va «eksport» bojxona rejimlariga joylashtirishda bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘im ularning bojxona qiymatidan qat’i nazar, BHMning 1 baravari miqdorida undiriladi;
- import qilingan zargarlik buyumlarini Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasida tamg‘alash uchun undiriladigan yig‘im miqdori mahalliy ishlab chiqaruvchilar uchun belgilangan miqdorga tenglashtiriladi;
- bojxona chegarasi orqali olib kirilganligini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan zargarlik buyumlarini bojxona to‘lovlarini amalga oshirish va bojxona yuk deklaratsiyasini to‘ldirish orqali deklaratsiya qilishga ruxsat beriladi.
- sayyohlarga joylashtirish vositalarini onlayn band qilish va sayyohlar tomonidan baholash;
- respublikadagi turoperatorlar va turagentlar xizmatlari, shu jumladan, sayyoxlarga gid, gid-tarjimon, yo‘riqchi-yo‘l boshlovchi, ekskursiya yetakchilari xizmatlaridan foydalanish;
- yo‘nalishsiz taksi va avtotransport vositalari ijarasi xizmatlaridan foydalanish;
- avtobus, avia va temir yo‘l chiptalari, madaniy meros ob’ektlari, muzeylar va boshqa diqqatga sazovor joylarga kirish chiptalarini xarid qilish;
- xalqaro va milliy to‘lov tizimlari orqali turistik xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish;
- turizm sohasiga oid statistik hisobotlarni yuritish va real vaqt rejimida tahlil qilish.
- «Shaffof qurilish» platformasida ustunlik beriladi;
- muayyan davrga ekologik tekshiruvlardan ozod etiladi;
- xalqaro bozorlarga chiqishda qo‘llab-quvvatlanadi;
- Tadbirkorlik sub’ektlarining barqarorlik reytingi doirasida qo‘shimcha ball beriladi.
- oxirgi uch yilda tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan jami daromadi 10 milliard so‘mdan oshmagan;
- byudjet va kreditorlar oldida qarzdorligi mavjud bo‘lmagan hamda muntazam ravishda soliq hisobotlarini taqdim etayotgan;
- «Xavfni tahlil qilish» elektron tizimida huquqbuzarlik sodir etish xavfi past darajada tasniflangan.
- mehmonxonalar, umumiy ovqatlanish korxonalari va restoranlarning o‘z faoliyatini targ‘ib qilishga qaratilgan audiovizual mahsulotlar (videofilmlar, videoroliklar, kliplar va anime roliklari) yaratish va ilgari surish xarajatlarining 50 foizi (lekin 50 mln so‘mdan ko‘p bo‘lmagan miqdorda) qoplab beriladi;
- mahalliy tadbirkorlar tomonidan xorijiy davlatlarda o‘zbek milliy taomlariga ixtisoslashgan 50 ta umumiy ovqatlanish korxonasi va restoran tashkil etish bo‘yicha quyidagi xarajatlar subsidiyalanadi:
- faoliyatni yo‘lga qo‘yish uchun ro‘yxatdan o‘tish yoki ruxsat olish, ijara, dizayn, zarur jihozlar va inventar sotib olish bilan bog‘liq – xarajatlarning 50 foizi miqdorida (ammo 25 ming AQSH dollaridan ko‘p bo‘lmagan) bir martalik subsidiya shaklida;
- taomlar tayyorlash uchun O‘zbekistondan yiliga 300 kg mahsulotni yetkazib berish bo‘yicha transport xarajatlarining 50 foizi (bir tadbirkorlik sub’ekti uchun 100 mln so‘mgacha);
- joylashtirish vositalari, yirik savdo majmualari va umumiy ovqatlanish shoxobchalarining o‘z hududida zamonaviy suzish havzalarini tashkil etish xarajatlarining 50 foizigacha (ammo 100 mln so‘mdan ko‘p bo‘lmagan) miqdori qoplanadi (dastlabki 100 havza uchun).
- yuridik shaxslarga nisbatan – BHMning 150 baravarigacha;
- yakka tartibdagi tadbirkorlarga nisbatan – BHMning 100 baravarigacha;
- jismoniy shaxslarga nisbatan – BHMning 50 baravarigacha.
- aholi gavjum joylarda jamoat tartibi va xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha ichki ishlar organlari patrul-post xizmati bo‘linmalariga yuridik shaxslar tomonidan murojaat qilish tartibi;
- arizalarni ko‘rib chiqish va ularni rad etish asoslari;
- jamoat tartibi va xavfsizligini ta’minlash ishlarini tashkil etish tartibi.





