Logo

13 nafar fuqaroning 1,3 mlrd so‘m omonat pullarini o‘zlashtirgan bank xodimi qo‘lga olindi

Бугун 10:381 дақиқа

U soxta hujjatlar orqali pullarni o‘zlashtirib, o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan.

13 nafar fuqaroning 1,3 mlrd so‘m omonat pullarini o‘zlashtirgan bank xodimi qo‘lga olindi © Sun'iy intelekt

Chirchiq shahrida tijorat banki filiali xodimi 13 nafar fuqaroning omonat uchun topshirgan 1,3 mlrd so‘m mablag‘ini o‘zlashtirgani aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament ma’lum qildi.

Tergovga qadar tekshiruv davomida bankning BXM bo‘limi boshlig‘i O.R. fuqarolardan omonat uchun qabul qilingan pullarni bank kassasiga kirim qilmagani ma’lum bo‘lgan.

U mablag‘lar bankka kirim qilingani haqida omonat hisobvaraqlariga soxta ma’lumotlar kiritib, 1,3 mlrd so‘mni o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgani aniqlangan.

Jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi, ya’ni o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda ish doirasida tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatida bank mintaqaviy markazi bo‘lim boshlig‘i 100 ming dollar pora bilan qo‘lga olingani haqida xabar berilgandi.

Теглар

Мавзуга оид

13 nafar fuqaroning 1,3 mlrd so‘m omonat pullarini o‘zlashtirgan bank xodimi qo‘lga olindi | Vaqt.uz