Abduqodir Husanov Angliyadagi ilk sovrinini qo‘lga kiritdi

Бугун 11:231 дақиқа

Abduqodir Husanov o‘yinni asosiy tarkibda boshladi va maydonda to‘liq harakat qildi.

Abduqodir Husanov Angliyadagi ilk sovrinini qo‘lga kiritdi

O‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanov harakat qilayotgan «Manchester Siti» jamoasi Angliya Liga kubogi finalida «Arsenal» ustidan 2:0 hisobida g‘alaba qozonib, bosh sovringa ega chiqdi. Bu Husanov uchun Angliyadagi ilk sovrin bo‘ldi.

photo_2026-03-23_10-04-54

22-mart kuni Londondagi «Uembli» stadionida bo‘lib o‘tgan bahsda «shaharliklar» tarixda to‘qqizinchi bor ushbu kubokni qo‘lga kiritdi. Uchrashuvda ikkala golga ham Niko O’Rayli mualliflik qildi.

O‘yin tafsilotlari

Abduqodir Husanov o‘yinni asosiy tarkibda boshladi va maydonda to‘liq harakat qildi. U 32-daqiqada Yokereshga nisbatan ishlatgan qo‘polligi uchun hakam tomonidan sariq kartochka bilan jazolandi.

Birinchi bo‘limda hisob ochilmadi. Dastlabki daqiqalarda «Arsenal» faolroq harakat qilib, Haverts va Saka orqali xavfli vaziyatlar yaratdi, biroq yakuniy zarbalarda aniqlik yetishmadi. «Manchester Siti» esa sekin-asta o‘yin tempini pasaytirib, muvozanatni tikladi.

Hal qiluvchi daqiqalar

Ikkinchi bo‘limda «Manchester Siti» bosimni oshirdi. 60-daqiqada jarima maydoniga uzatilgan to‘pda darvozabon Kepa chiqishda xatoga yo‘l qo‘ydi va Niko O’Rayli vaziyatdan foydalanib hisobni ochdi.

Oradan to‘rt daqiqa o‘tib, 64-daqiqada Nunesning uzatmasidan so‘ng O’Rayli bosh bilan raqib darvozasini ikkinchi bor ishg‘ol qilib, dublni rasmiylashtirdi. Shundan so‘ng «Manchester Siti» o‘yin nazoratini to‘liq o‘z qo‘lida ushlab qoldi va 2:0 hisobidagi g‘alabani ta’minladi.

Теглар