Logo

«Andijon polkasi» Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi

Кеча 21:301 дақиқа

Bugun 20 ming nafar ishtirokchi «Andijon polkasi»ga raqsga tushgan.

«Andijon polkasi» Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi © Foto: uznews.uz

Andijon viloyati markazida 20 ming nafar ishtirokchi bir vaqtning o‘zida «Andijon polkasi»ga raqsga tushib, Ginnesning rekordlar kitobidan joy oldi. Bu haqda Andijon viloyati hokimligi ma’lum qildi.

«Ushbu keng ko‘lamli tashabbusdan ko‘zlangan asosiy maqsad – o‘zbek milliy raqs san’atini jahon miqyosida keng targ‘ib qilish hamda ushbu ko‘rsatkich bilan Ginnesning rekordlar kitobiga kirishdan iborat. Mazkur mahobatli tadbir Andijon shahrining 2026 yilda “Turk dunyosining madaniy poytaxti” deb e’lon qilinishi doirasida o‘tkazildi», — deyiladi xabarda.

Shuningdek, rekord o‘rnatilishi munosabati bilan shahar markaziy maydoni va unga tutash hududlar an’anaviy milliy kuy-navolar, rang-barang jozibador liboslar hamda maxsus sahnalashtirilgan madaniy chiqishlar bilan bayramona tus olgani bildirildi.

Eslatib o‘tamiz, kecha Namangandagi gullar festivali «Ginnessning rekordlar kitobi»ga rasman kiritilgani haqida xabar berilgan edi. Festival doirasida kitob vakillari bir oy davomida Namangan shahri aholisi tomonidan 29 milliondan ziyod gul ko‘chati qo‘lda ekilishi jarayonini kuzatgan. Natijada jahon rekordi qayd etildi.

Теглар

Мавзуга оид