Logo

«Apex Bank» boshqaruvida o‘zgarishlar: Olga Numanova va Sharof Ikramov lavozimidan ozod etildi

Кеча 20:431 дақиқа

2025-yilning dekabridan buyon bank rahbari vazifasini bajarib kelgan Olga Numanovaning vakolatlari tugatilib, uning o‘rniga Sherzod Madjitov rais vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi.

«Apex Bank» boshqaruvida o‘zgarishlar: Olga Numanova va Sharof Ikramov lavozimidan ozod etildi © Kollaj: Vaqt.uz

«Apex Bank» AJ boshqaruv raisi vazifasini vaqtincha bajarib kelgan Olga Numanova hamda boshqaruv raisining o‘rinbosari Sharof Ikramovning vakolatlari tugatildi. Ularning o‘rniga Sherzod Madjitov bank boshqaruvi raisi vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi.

sharof ikramov

Sharof Ikramov / Foto: Apex Bank

Mazkur qaror bank kuzatuv kengashining 2026 yil 6-noyabrdagi yig‘ilishi bayonnomasiga asosan qabul qilingan.

Olga Numanova

Olga Numanova / Foto: InFinBank


Openinfo.uzga joylashtirilgan rasmiy axborotga ko‘ra, bank boshqaruv raisi vazifalarini vaqtincha bajarish Sherzod Turapovich Madjitovga yuklatilgan. Ma’lumot o‘rnida, Sh. Madjitov 2025 yilning noyabr oyidan buyon «Apex Bank» boshqaruv raisi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Timur Shevketovich Emirsaliyev bank boshqaruv raisining o‘rinbosari sifatida, Irina Ruslanovna Xan esa bank bosh buxgalteri lavozimida faoliyatini davom ettiradi.

Sherzod Madjitov

Sherzod Madjitov / Foto: Apex Bank


Eslatib o‘tamiz, 2025 yil 2-dekabr kuni Olga Numanova «Apex Bank» boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari etib tayinlangandi. Ushbu tayinlovdan so‘ng ko‘p o‘tmay, bankning amaldagi boshqaruv raisi Sergey Gimadiyev lavozimidan ozod etilgan. Shundan buyon Olga Numanova qariyb bir yil davomida bank boshqaruv raisi vazifasini vaqtincha bajarib kelayotgan edi.

Теглар

Мавзуга оид