Logo

Diplomatlar Putinni Ukraina bilan muzokaralarni barbod qilganlikda ayblamoqda

15.05.2025 | 15:272 дақиқа

Putinning Turkiyadagi muzokaralarda shaxsan ishtirok etmasligi Yevropaning yetakchi diplomatlari tanqidiga sabab bo‘ldi. Ular Rossiyani urushni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralarni sabotaj qilishda ayblashmoqda. AQSH esa hozircha ehtiyotkor bayonotlar bilan kifoyalandi.

Diplomatlar Putinni Ukraina bilan muzokaralarni barbod qilganlikda ayblamoqda
Polsha tashqi ishlar vaziri Radoslav Sikorskiy Kreml tomonidan nihoyatda past darajada delegatsiyasi tanlanganini «vaqtdan yutishga urinish» sifatida baholadi. Germaniya va NATO rasmiylari ham Moskvaga qarshi tanqidiy bayonotlar berdi. AQSH davlat kotibi Marko Rubio esa «yaqin kunlardagi voqealarni kuzatamiz», deb shunchaki bayonot berdi. U Turkiyadagi muzokaralarga prezident Trampning maxsus vakillari bilan birga kelishi kutilmoqda. Rossiya delegatsiyasiga prezident yordamchisi Vladimir Medinskiy rahbar etib tayinlandi. Bu qaror muzokaralardan amaliy natija chiqishiga shubha uyg‘otdi. Prezident Tramp ayni paytda Qatarda bo‘lib turibdi. U agar vaziyat talab etsa, juma kuni Turkiyaga yo‘l olishi mumkinligini bildirdi. Ammo Putinning kelmasligini «kutilayotgan holat» deb atadi. Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bu muzokaralar uchun yuqori darajali delegatsiya yuborganini va Kreml tanlagan tarkibni «butaforiya» deb ataganini ma’lum qildi. U bugun Anqarada Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an bilan uchrashadi.    

Теглар

Мавзуга оид