«El-yurt umidi» stipendiati bo‘lgan o‘zbekistonlik talaba AQSHda vafot etdi

Бугун 11:251 дақиқа

AQSHda tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talaba Muhammadyusuf Faxriddinovning vafoti haqida VAQT.UZga ma’lum qilindi. Hozirda holat yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

«El-yurt umidi» stipendiati bo‘lgan o‘zbekistonlik talaba AQSHda vafot etdi © Муҳаммадюсуф Фахриддиновнинг Instagram саҳифаси

AQSHdagi O‘zbekiston konsulxonasi xabariga ko‘ra, Stony Brook University talabasi, «El-yurt umidi» jamg‘armasi stipendiati Muhammadyusuf Faxriddinov vafot etgan. Buni jamg‘arma matbuot kotibi Elvina Mustafina VAQT.UZ muxbiriga tasdiqladi.

Muhammadyusuf Faxriddinov komputer texnologiyalari va informatika yo‘nalishi bo‘yicha bakalavriat dasturida 4-bosqich talabasi bo‘lgan. Muhammadyusuf jamg‘armaning namunaviy stipendiatlaridan biri sifatida ta’riflanadi.

Hozirda AQSH tergov idoralari tomonidan holat yuzasidan surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda. Rasmiy ma’lumotlar e’lon qilinishi kutilmoqda.

Vaziyatdan xabardor bo‘lgan boshqa talabaning onasi VAQT.UZ'ga ma’lum qilishicha, dastlabki taxminlarga ko‘ra, u uyquga ketib uyg‘onmagan va o‘lim yurak faoliyati bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Biroq bu ma’lumot hozircha rasman tasdiqlanmagan.

«El-yurt umidi» jamg‘armasi O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi hamda konsullik idoralari bilan doimiy aloqada ekanini bildirgan. Voqeaning barcha jihatlarini aniqlash maqsadida vakolatli tashkilotlar bilan hamkorlik ishlari davom etmoqda.

Jamg‘arma rahbariyati marhumning ota-onasi bilan uchrashib, oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirdi. Shuningdek, jasadni Vatanga olib kelish bilan bog‘liq barcha tashkiliy masalalar jamg‘arma nazorati ostida amalga oshirilishi ma’lum qilindi.

Теглар

Мавзуга оид