Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi portdan Qozog‘istonga yer ajratadi
Shuningdek, Eron Qozog‘istonga Janubiy va Janubi-Sharqiy Osiyo bozorlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqish imkonini beruvchi Chabahor portida ishlash imkoniyatlarini taqdim etishga tayyorligini tasdiqladi.
© Foto: primeminister.kzEron Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi portdan Qozog‘istonga yer uchastkasini ajratadi, Ostona esa bunga javoban Kaspiy dengizidagi portlari infratuzilmasini Tehronga taqdim etishga tayyor. Bu haqda Qozog‘iston Respublikasi hukumati matbuot xizmati xabar berdi.
Ushbu masala Ostonada Eron yo‘llar va shaharsozlik vaziri Farzana Sadek boshchiligidagi delegatsiya bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda muhokama qilindi. Muzokaralarning asosiy mavzularidan biri port infratuzilmasini rivojlantirish bo‘ldi.
Eron tomoni Bender-Abbos shahridagi (Ho‘rmuz bo‘g‘ozi shimoliy qirg‘og‘i) Shahid Rajai portida Qozog‘istonga yer uchastkasi ajratish masalasini muvofiqlashtirish yakunlanganini bildirdi. Zarur protseduralar tugagach, maydon Qozog‘iston tomoniga topshiriladi.
Shuningdek, Eron Qozog‘istonga Janubiy va Janubi-Sharqiy Osiyo bozorlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqish imkonini beruvchi «Chobahor» portida ishlash imkoniyatlarini taqdim etishga tayyorligini tasdiqladi. Vazir Farzana Sadekning ma’lumotlariga ko‘ra, Zohidon – Chabahor temir yo‘l tarmog‘i qurilishi 90 foizdan ortiqqa bajarilgan va yaqin oylarda ishga tushiriladi.
Bu orqali port Hind okeani, Markaziy Osiyo va Yevropani bog‘lovchi xalqaro temir yo‘l tarmog‘iga integratsiya qilinadi. O‘z navbatida, Qozog‘iston Eron kompaniyalarining logistik faoliyatini rivojlantirish uchun Oqtau va Quriq portlaridagi maydonlar, prichallar va terminallarni taqdim etishni ko‘rib chiqishga tayyor.
Transport yo‘laklari va logistika
Uchrashuvda «Shimol — Janub» xalqaro transport yo‘lagini rivojlantirish masalasiga alohida e’tibor qaratildi. 2025 yil yakunlariga ko‘ra, mazkur yo‘lak bo‘yicha tashuvlar hajmi 12 foizga oshib, 3,5 million tonnaga yetdi. Ikki davlat o‘rtasidagi temir yo‘l tashuvlari esa 69 foizga o‘sdi. Qozog‘iston vakili Serik Jumangarin marshrut salohiyatini kengaytirish uchun transport infratuzilmasini modernizatsiya qilish bo‘yicha qo‘shma Yo‘l xaritasini ishlab chiqishni taklif qildi.
Bu yo‘lakning o‘tkazish qobiliyatini yiliga 20 million tonnagacha oshirish imkonini beradi. Tomonlar Xitoy, Qozog‘iston, Turkmaniston,
Eron va Turkiya o‘rtasida imzolangan besh tomonlama temir yo‘l bitimi hamda Qozog‘iston, Rossiya, Turkmaniston va Eron o‘rtasidagi kutilayotgan to‘rt tomonlama tarif kelishuvi savdo va tranzit o‘sishi uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratishini ta’kidladilar.





