Eronning yangi oliy rahnamosi Mo‘jtabo Xomanaiy kim?
AQSH va Isroilning hujumida halok bo‘lgan oyatulloh Ali Xomanaiyning o‘g‘li Mojtabo otasining o‘rnini egalladi. Bu Eron siyosiy tizimidagi qattiqqo‘l guruhlar hokimiyatni o‘z qo‘lida saqlab qolayotganidan dalolat beradi.
Otadan o‘g‘ilga. Eronning yangi oliy rahnamosi saylandi. Mamlakat Oliy rahbarini tanlash vakolatiga ega bo‘lgan 88 a’zodan iborat Ekspertlar kengashi marhum rahbarning o‘g‘li Mo‘jtabo Xomanaiyni otasining vorisi deb e’lon qildi.
Mo‘jtabo Xomanaiy ilgari hech qachon saylovlarda qatnashmagan yoki xalq ovoziga qo‘yilmagan. Biroq u o‘n yillar davomida Oliy rahbarning yaqin doirasidagi eng nufuzli shaxslardan biri bo‘lib kelgan va qudratli Islom inqilobi muhofizlari korpusi bilan yaqin aloqalar o‘rnatgan. So‘nggi yillarda u otasining o‘rnini bosishi mumkin bo‘lgan asosiy nomzod sifatida tez-tez tilga olinayotgan edi.
Kuzatuvchilar Uning saylanishi Eron siyosiy tizimidagi qattiqqo‘l guruhlar hokimiyatni o‘z qo‘lida saqlab qolayotganidan dalolat berishi, bu esa hukumatning urush davom etayotgan bir paytda qisqa muddatli kelishuv yoki muzokaralarga kirishish istagi past ekanini anglatishini aytmoqda.
Xo‘sh, Mo‘jtaboning o‘zi kim? U 1969-yil 8-sentabrda Mashhadda tug‘ilgan. Mojtaba 1987-yilda o‘rta maktabni tamomlagach, Islom inqilobi muhofizlari korpusi bilan bog‘liq bo‘lgan «Habib» ixtiyoriy bataloni safiga qo‘shildi va yakunlanish arafasida bo‘lgan Eron–Iroq urushida janglarda ishtirok etdi. Bu bo‘linmada xizmat qilish Mojtaba Homanaiyga Eron xavfsizlik tizimi ichida aloqalar o‘rnatishga yordam berdi — uning ko‘plab safdoshlari keyinchalik Islom inqilobi muhofizlari korpusi va boshqa tuzilmalarda yuqori lavozimlarni egalladi.
1989-yil yozida Eronning birinchi oliy rahbari Ruhollo Humayniy vafot etdi va ko‘p o‘tmay Ali Homanaiy uning vorisi etib saylandi. Mo‘jtabo esa 1990-yillarda Qumdagi seminariyada shialarning eng taniqli konservativ ulamolaridan ta’lim oldi. Keyinchalik u ham seminariyada dars bera boshladi
Eron muxolifati Homanaiyni Islom respublikasidagi eng ta’sirli siyosiy shaxslardan biri deb ataydi, garchi u ko‘zga ko‘ringan lavozimlarda ishlamagan va keng jamoatchilikka unchalik tanish bo‘lmagan bo‘lsa ham. Mojtaba otasining kanselyariyasini boshqargan va boshqalar uchun u bilan munosabatlarda vositachi vazifasini bajargan.
2019-yilda AQSH hukumati unga qarshi sanksiyalar joriy etgan va Ali Homanaiy o‘z rahbarlik vakolatlarining bir qismini o‘g‘liga topshirganini bildirgan.
2004-yilda Mojtaba Homanaiy Zaxra Haddad-Adelga uylangan — u Eron parlamentining sobiq raisi va taniqli konservativ siyosatchi G‘ulam-Ali Haddad-Adelning qizidir. U ham marhum oyatulloh Ali Xomanaiy kabi 2026 yil 28-fevral kuni AQSH va Isroilning Tehronga bergan zarbalari paytida halok bo‘lgan. OAV xabarlariga ko‘ra, ularning nikohidan uch nafar farzand tug‘ilgan, ammo ular haqida batafsil ma’lumotlar yo‘q.
Shunday qilib, Mo‘jtabo Xomanaiy Eronning yangi oliy rahnamosi bo‘ldi, Amerika nashrlari Tramp Tehronga zara berib, Ali Xomayniyning o‘ldirish orqali o‘zi bilmagan holda uni yoshrog‘iga almashtirganini yozmoqda. Isroil harbiylari Ali Xomanaiyning o‘rnini bosadigan har qanday shaxsni yo‘q qilish bilan tahdid qilgan bo‘lsa. Tramp yangi rahbar uning roziligisiz «uzoqqa bormasligini» yana bir bor ta’kidlayapti.
Eron rasmiylari Trampning bu da’volarini keskin rad etib, mamlakat kelajagini faqat Eron xalqi belgilashini qayd etgan.
Теглар






