Logo

Finbrok Jett platformasi orqali shaxsiy investitsiya hisobvarag‘ini ochish imkoniyatini ishga tushirdi

Бугун 17:552 дақиқа

Shaxsiy investitsiya hisobvarag‘ingizni Finbrok orqali oching va O‘zbekiston fond bozoridagi investitsiya imkoniyatlaridan foydalanishni boshlang. 12 foizlik soliq imtiyoziga ham ega bo‘ling.

Finbrok Jett platformasi orqali shaxsiy investitsiya hisobvarag‘ini ochish imkoniyatini ishga tushirdi

Shaxsiy investitsiya hisobvarag‘i (SHIH)ni hisobvaraq egasining o‘zi yoki uning topshirig‘iga asosan, mijoz nomidan va uning hisobidan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha bitim va operatsiyalarni amalga oshiruvchi, fond birjasi a’zosi bo‘lgan qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchisi — investitsiya vositachisi orqali tasarruf etish mumkin.

2

SHIH nima va u qanday ishlaydi?

Shaxsiy investitsiya hisobvarag‘i — jismoniy shaxs tomonidan O‘zbekiston fond bozorida muomalaga chiqarilgan hamda uyushgan qimmatli qog‘ozlar bozorida savdoga qo‘yilgan qimmatli qog‘ozlarni sotib olish uchun foydalaniladigan maxsus so‘mdagi hisobvaraq. Amaldagi tartibga ko‘ra, kishi bir vaqtning o‘zida faqat bitta SHIHga ega bo‘lishi mumkin.

3

SHIH qanday ochiladi va undan qanday foydalaniladi?

Shaxsiy investitsiya hisobvarag‘ini 18 yoshga to‘lgan O‘zbekiston fuqarolari qonunchilikda belgilangan tartibda ochishi mumkin.

SHIHni Finbrok’ning hamkori — Jett platformasi orqali ochish imkoniyati mavjud. Hisobvaraq ochilgandan so‘ng, uning egasi ish haqi yoki boshqa daromadlarining tegishli qismini SHIHni to‘ldirish uchun yo‘naltirishi mumkin.

SHIH bo‘yicha soliqqa tortish

SHIHdan foydalanish bilan bog‘liq soliqqa tortish tartibi O‘zbekistonning amaldagi soliq qonunchiligiga muvofiq belgilanadi. Qonunchilikda belgilangan shartlar bajarilgan taqdirda, soliq to‘lovchining ish haqi va boshqa daromadlarining O‘zbekiston fond bozorida emissiya qilingan qimmatli qog‘ozlarni sotib olish uchun SHIHga yo‘naltirilgan qismiga nisbatan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha tegishli soliq imtiyozlari qo‘llanishi mumkin.

Bunda, xususan, quyidagi shartlar nazarda tutiladi:

1) Soliq davri davomida SHIHni to‘ldirish summasi 100 mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoridan oshmasligi lozim. SHIHga belgilangan chegaraviy badal miqdoridan ortiqcha mablag‘ kelib tushgan taqdirda, ortiqcha summa pul mablag‘lari kelib tushgan hisobvaraqqa qaytariladi.

2) SHIHga kiritilgan mablag‘larni shartnoma amal qilish muddati boshlangan kundan e’tiboran 12 oy davomida qaytarib olmaslik sharti qo‘llaniladi. Mijozning tashabbusi bilan pul mablag‘lari SHIHga birinchi marta o‘tkazilgan sanadan boshlab o‘n ikki oylik muddat o‘tmasidan oldin pul mablag‘lari va (yoki) qimmatli qog‘ozlar SHIHdan chiqarilgan taqdirda, kiritilgan pul mablag‘lariga soliq solinadi.

4

SHIH ochish imkoniyatidan foydalaning

Shaxsiy investitsiya hisobvarag‘ingizni Finbrok orqali oching va O‘zbekiston fond bozoridagi investitsiya imkoniyatlaridan foydalanishni boshlang.

Reklama

Теглар

Мавзуга оид