Logo

Hafta oxirigacha havo harorati +25 darajagacha pasayadi

Бугун 19:251 дақиқа

3-4-sentabr kunlari O‘zbekistonning ayrim joylarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin.

Hafta oxirigacha havo harorati +25 darajagacha pasayadi © Javhar Chorshanbiyeva

O‘zbekistonda taqvim kuzining kirib kelishi bilan harorat foni me’yorgacha va ayrim joylarda me’yordan biroz pastga tushdi, deya xabar bermoqda O‘zgidromet.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2-sentabr kuni va yaqin 2 kun davomida kunduzgi havo harorati +28...+33 daraja,

janubda +35 darajagacha, shimolda ba’zi joylarda +25...+27 daraja atrofida bo‘lishi saqlanib turadi. Kechasi va erta tongda harorat asosan +13...+18 darajani tashkil etadi.

O‘zbekiston hududining katta qismida ushbu kunlarda havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Faqat chorshanba kunining ikkinchi yarmida Buxoro, Navoiy, Samarqand viloyatlarining ba’zi joylarida, 3-4-sentabr kunlari esa Farg‘ona vodiysi viloyatlarida va 4-sentabrda Toshkent viloyatining ayrim joylarida biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi sekundiga 13-18 metrgacha kuchayadi, chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi, 2-sentabr kuni respublikaning cho‘l hududlarida shamol ba’zida sekundiga 20-22 metrgacha kuchayishi mumkin.

Toshkent shahrida havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan bo‘ldi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 4-sentabr kuni ertalab biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Havo harorati asosan kechalari +15...+17 daraja, kunduz kunlari +28...+30 daraja bo‘ladi. Shamol sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda esadi.

Теглар

Мавзуга оид