«Imarat Development» mojarosi: Shahzoda Muhammedova nimalarni oshkor qildi?
«Imarat Development» atrofidagi mojaro yangi bosqichga chiqdi. Marat Hamdamovning turmush o‘rtog‘i Shahzoda Muhammedova ikki qismli videomurojaat bilan chiqib, kompaniya ichidagi kelishmovchiliklar, Jasur Azizovga nisbatan da’volar va oilasining biznesdagi ishtiroki haqida gapirdi. U ta’sischilar o‘rtasidagi suhbatlardan audioyozuvlarni ham ye’lon qildi. Xo‘sh, bu yozuvlarda nimalar aytilgan va uy-joy uchun pul to‘lagan xaridorlarning taqdiri nima bo‘ladi?
Xaridorlar noroziligidan ta’sischilar nizosigacha
«Imarat Development» brendi ostida bir nechta turar joy loyihalari taklif qilingan. Xaridorlarni, asosan, nisbatan arzon narxlar va qulay to‘lov shartlari jalb qilgan. Biroq keyinchalik ayrim fuqarolar qurilish muddatlari cho‘zilayotgani, xonadonlar o‘z vaqtida topshirilmayotgani va shartnomani bekor qilganda to‘langan pulni qaytarish qiyinlashayotganidan shikoyat qila boshladi.
«Sergeli City» va «Tuzel Park» loyihalari bo‘yicha ham xaridorlarning e’tirozlari, qurilish jarayoni va hujjatlarga oid savollar ko‘tarildi. Ayrim obyektlarda qurilish nazorati bilan bog‘liq kamchiliklar aniqlangani, ba’zi ishlarga vaqtincha cheklov qo‘yilgani haqida xabarlar tarqaldi.
Bu loyihalar bilan bog‘liq muhim jihatlardan biri shuki, «Imarat Development» nomi ostida reklama qilingan barcha obyektlarni bitta yuridik shaxs qurmagan. Masalan, «Sergeli City» loyihasida «Transport Free Group», «Tuzel Park»da esa «Perfect Mansions» quruvchi sifatida ko‘rsatilgan.
Kompaniya atrofidagi muammolar faqat 2026-yil kuzida paydo bo‘lmagan. Xaridorlarning qurilish muddati, shartnoma shartlari va to‘langan mablag‘larni qaytarish bo‘yicha ye’tirozlari avvalroq ham mavjud edi. Keyinchalik mojaro qurilishdagi muammolardan tashqari kompaniya ichidagi boshqaruv va ta’sischilik munosabatlari bilan ham bog‘liq tus oldi.
2026-yil oktabrida kelishmovchiliklar ochiq tus oldi. Savdo ofisidagi «Imarat» yozuvi «Imtiyoz»ga almashtirildi. Marat Hamdamov yesa kompaniyadagi o‘rni, loyihalarni boshqarish va ayrim qarorlar uning roziligisiz qabul qilinayotgani yuzasidan e’tiroz bildirdi.
29-oktabr kuni ta’sischilar o‘rtasidagi mojaro keskinlashdi. Bahs markazida kompaniyani kim boshqarishi, loyihalar bo‘yicha qarorlarni kim qabul qilishi, yangi investorlar va xaridorlar oldidagi majburiyatlar turardi. Hamdamov o‘z chiqishlarida kompaniyaning ayrim loyihalarida ulushi borligini va xaridorlar oldidagi majburiyatlar bajarilishidan manfaatdor yekanini bildirgan.
1-noyabr kuni Toshkent shahar IIBB «Imarat Development» rahbariyatiga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi — firibgarlik hamda 192¹¹-moddasi — nodavlat tashkilot mansabdor shaxsining o‘z vakolatlarini suiiste’mol qilishi alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi. Ish doirasida ikki kishi, jumladan, Marat Hamdamov ushlandi. 2-noyabr kuni sud unga nisbatan qamoqqa olish yehtiyot chorasini qo‘lladi.
Shahzoda Muhammedova qanday da’volarni ilgari surdi?
Shu vaziyatda Shahzoda Muhammedova ikki qismli videomurojaat bilan chiqdi. U birinchi murojaatini turmush o‘rtog‘i Marat Hamdamovning kompaniyadagi haqiqiy o‘rni haqida gapirishdan boshladi. Uning aytishicha, Hamdamov kompaniyaning shunchaki reklama yuzi bo‘lmagan: u investor sifatida qatnashgan, uy-joy savdosi bilan shug‘ullangan va qurilish obyektlarini boshqarishda ham ishtirok yetgan.
Muhammedova o‘zini ham kompaniyaning oddiy reklama vakili sifatida ko‘rsatish noto‘g‘ri yekanini aytdi. Uning ta’kidlashicha, kompaniyaning omma oldidagi yuzi o‘zi bo‘lgan, Hamdamov yesa biznes jarayonlarida bevosita qatnashgan. Shu tariqa u jamoatchilikda shakllangan «Marat kompaniyaning faqat yuzi bo‘lgan» degan tasavvurga qarshi chiqdi.
Shahzoda Muhammedovaning eng jiddiy da’volaridan biri kompaniya mablag‘lari bilan bog‘liq bo‘ldi. U Jasur Azizov, bosh hisobchi sifatida tilga olingan Hilola va boshqa shaxslarni kompaniyaga tushgan pullarni Azizovning qarindoshlari hisobvaraqlariga o‘tkazishda aybladi. Muhammedovaning aytishicha, bu holatlarga oid materiallar uning qo‘lida bor va ular tegishli davlat organlariga topshirilgan.
Videomurojaatda Muhammedova oilasining mol-mulki va xorijdagi hayoti haqida tarqalgan gaplarga ham javob berdi. Uning aytishicha, foydalanib yurgan avtomobili ham to‘liq o‘z nomiga o‘tkazilmagan, Dubaydagi uy esa uning yoki turmush o‘rtog‘ining emas, Jasur Azizovning nomiga rasmiylashtirilgan. Aktrisa turmushga chiqishidan oldin ham moddiy jihatdan yaxshi oilada voyaga yetganini, ayrim davrlarda yesa turmush o‘rtog‘iga moliyaviy yordam berganini aytdi.
Muhammedova kompaniya nomining o‘zgarishi masalasiga ham to‘xtaldi. Uning aytishicha, Jasur Azizov bir necha bor Marat Hamdamovga kompaniya nomini o‘zgartirishni taklif qilgan. Bunga davlatdan kredit olish imkoniyatlarini yaxshilash bilan bog‘liq sabablar keltirilgan. Muhammedovaning talqiniga ko‘ra, nom o‘zgargach, Hamdamovning kompaniyadagi haqiqiy o‘rni ham boshqacha ko‘rsatilgan. U buni turmush o‘rtog‘ini biznesdan chetlashtirishga qaratilgan harakat sifatida baholadi.
Shahzoda xaridorlarning noroziligini ham alohida tilga oldi. U uy olish uchun yillar davomida pul yig‘gan, ijarada yashab bo‘lsa ham xonadon sotib olishga harakat qilgan fuqarolarning ahvolini tushunishini aytdi. Uning asosiy ye’tirozi — kompaniyadagi muammolar uchun barcha javobgarlik Marat Hamdamov zimmasiga yuklanayotgani. Muhammedovaning da’vosiga ko‘ra, turmush o‘rtog‘i ayrim voqealar yuzasidan davlat organlariga ko‘rsatma bermoqchi bo‘lgan, biroq bunga to‘sqinlik qilingan.
U Hamdamov davlatdan yoki kompaniyadan ortiqcha pul olib chiqmaganini ham ta’kidladi. Murojaatining yakunida yesa uy olganlar xonadonlarini olishi, shartnomani bekor qilmoqchi bo‘lganlarga pullari qaytarilishi kerakligini aytib, xaridorlardan uzr so‘radi. Ammo bu va’dalar hozircha Muhammedovaning shaxsiy bayonoti.
Audioyozuvlarda nimalar muhokama qilingan?
Shahzoda Muhammedova ikkinchi videomurojaatida kompaniya ishtirokchilari o‘rtasidagi suhbatlardan olingan audioyozuvlarni e’lon qildi. Yozuvlardan birida Jasur Azizov kompaniyadan chiqib ketish, o‘z ulushini sotish va biznesdagi charchoq haqida gapiradi. U munosib taklif bo‘lsa, ulushini sotib, biznesdan ketishga tayyorligini bildiradi. Suhbatda kompaniyaning qarzlari, moliyaviy ahvoli va o‘ziga kerak bo‘lgan tinchlik haqida ham so‘z boradi.
Keyingi yozuvda Marat Hamdamov qurilish loyihalari uchun yana bank kreditlari olinishiga qarshi yekanini bildiradi. Uning aytishicha, avvalgi kreditlar bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirishda ishtirok yetgan va yendi yangi qarzlar hisobidan muammolarni yopish xaridorlar uchun xavf tug‘dirishi mumkin. Hamdamov, xususan, «Sergeli City» va «Chortoq» loyihalaridagi kredit majburiyatlari haqida gapirib, avvalo mavjud mablag‘lar va oldingi majburiyatlar hisob-kitobi aniq bo‘lishi kerakligini ta’kidlaydi.
Hamdamov audioyozuv davomida Jasur Azizovning ukasi Jahongir Azizov yangi investor kelgani haqidagi gaplarga e’tiroz bildiradi. U investor sifatida tilga olinayotgan shaxsning avvalgi loyihalaridagi faoliyatini shubha ostiga qo‘yib, Qarshidagi qurilishlar va «Tuzel Park»dagi ishlar bo‘yicha e’tirozlarini bildiradi. Jasur Azizov esa javobida loyihalar qurilmay qolgan taqdirda hujjatlar bo‘yicha kim mas’ul bo‘lsa, o‘sha javob berishini aytadi. Uning ta’kidlashicha, kompaniyaning hujjatlari va asosiy majburiyatlari o‘z zimmasida.
Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda Marat Hamdamovga tegishli ekani aytilayotgan yana bir audioyozuv tarqaldi. Unda so‘zlovchi kompaniyadan chiqish shartlarini muhokama qilib, suhbatdoshidan «Yangi Bristol» loyihasi, Dubaydagi uy va avval va’da qilingan avtomobil masalasini hal etishni so‘raydi. U hozircha mijozlar bilan yuzma-yuz gaplasha olmasligi va ofisga borishga uyalayotganini ham aytadi.
Yozuvning davomida mavjud obyektlarni avval egalariga topshirish, shundan keyin brend nomini bosqichma-bosqich o‘zgartirish taklifi bildiriladi. «Imarat» faoliyatini yakunlab, ishni boshqa nom ostida davom yettirish va yangi loyihalarni alohida brend bilan yuritish yehtimoli ham muhokama qilinadi.
Bu audioyozuvlar kompaniyaning moliyaviy ahvoli, kreditlar, investorlar va qurilish uchun javobgarlik masalalarida ta’sischilar o‘rtasida jiddiy kelishmovchilik bo‘lganini ko‘rsatadi.
Xaridorlarning taqdiri nima bo‘ladi?
«Imarat Development» atrofidagi mojaro hozircha bir nechta ochiq savolni qoldirmoqda. Kompaniya loyihalariga pul to‘lagan fuqarolar xonadonlarini qachon oladi? Shartnomani bekor qilmoqchi bo‘lganlarga mablag‘lari qaytariladimi? Qurilishlarni davom yettirish uchun yetarli moliyaviy imkoniyat bormi?
Bir narsa aniq: kompaniya ta’sischilari o‘rtasidagi kelishmovchiliklar ortida minglab fuqarolarning uy-joyga bo‘lgan umidi va mablag‘i turibdi. Ular uchun yeng muhim masala kimning haq yoki nohaqligini ijtimoiy tarmoqlarda isbotlash yemas, balki to‘langan pul evaziga va’da qilingan xonadonlarni olishdir.
Mojaroning keyingi rivoji, tergov natijalari va xaridorlar taqdiri bo‘yicha aniqlik kiritilishi kutilmoqda. Vaqt.uz vaziyatni kuzatishda davom yetadi.
Теглар
