Logo

JCH-2026. Angliya gollarga boy og‘ir o‘yinda Meksikadan ustun kelib, chorakfinalga chiqdi

Бугун 08:181 дақиқа

Bellinghem dublga erishdi. Inglizlar 54-daqiqadan kamchilikda o‘ynab ham g‘alabani saqlab qolishdi.

JCH-2026. Angliya gollarga boy og‘ir o‘yinda Meksikadan ustun kelib, chorakfinalga chiqdi

Jahon chempionatining 1/8 finalida Angliya turnir mezbonlaridan biri Meksika maydoniga safar qilib, Bellinghemning dubli va Keynning goli evaziga g‘alaba qozondi. Mezbonlardan Kinones va Ximenes to‘p kiritdi.

E’tiborlisi, inglizlar 54-daqiqada kamchilik qolishganiga qaramay, g‘alabani saqlab qolishdi.

Angliya chorakfinalda Norvegiya bilan ro‘baro‘ keladi.

JCH-2026. 1/8 final
Meksika — Angliya 2:3

5-iyul, Mexiko
Gollar: Kinones (42), R.Ximenes (69, penalti) — Bellinghem (36, 38), Keyn (60, penalti).
Meksika — Ranxel, Sanches (Figaldo, 79), Montes (Alvares, 46), Vaskes, Galyardo, Mora (S.Ximenes, 61), Lira, Romo (Gutiyerres, 61), Alvarado, Kinones (Martines, 81), R.Ximenes.
Angliya — Pikford, Kvansa, Konsa, Gehi, O'Rayli (Spens, 74), Anderson (Bern, 75), Rays, Saka (Stounz, 57), Bellinghem, Gordon, Keyn (Rojers, 90).
Ogohlantirishlar: Rays (1), Gehi (68), Sanches (71), O'Rayli (72), Vaskes (90+8).
Chetlatish: Kvansa (54).

Россия - Украина уруши

Futbol bo‘yicha Jahon chempionati 2026

JCH-2026 o‘yinlariga oid barcha xabarlar bitta havolada.

Мавзуга оид