Logo

JCH-2026. Fransiya Shvetsiyani yirik hisobda yengib 1/8 finalga yo‘l oldi, Mbappeda dubl

Бугун 04:001 дақиқа

Amaldagi finalchi keyingi bosqichda Paragvay bilan o‘ynaydi.

JCH-2026. Fransiya Shvetsiyani yirik hisobda yengib 1/8 finalga yo‘l oldi, Mbappeda dubl

Jahon chempionatida 1/16 final bosqichi davom etmoqda.

Turnirning amaldagi finalchisi Fransiya Shvetsiya darvozasiga javobsiz 3 ta gol urib, nimchorakfinal yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Mbappe dublga erishib, gollarini 6 taga yetkazdi va to‘purarlar poygasida Messi bilan tenglashdi. Olise esa 2 ta golga assistentlik qilib, musobaqadagi golli uzatmalarini 5 taga yetkazgan holda yetakchilik qilmoqda.

Fransiya 1/8 finalda Paragvay bilan bahs yuritadi.

JCH-2026. 1/16 final
Fransiya — Shvetsiya 3:0

30-iyun, Ist-Ruterford
Gollar: Mbappe (45, 74), Barkolya (53).
Fransiya — Menyan, Kunde (Gyusto, 75), Upamekano, Saliba, Din (Ernandes, 78), Chuameni, Rabio, Olise (Sherki, 85), Barkolya, Dembele (Due, 75), Mbappe (Mateta, 85).
Shvetsiya — Zetterstrom, Svensson (Svanberg, 82), Lagerbiyelke, Lindelyof, Gudmundsson, Elanga, Bergvall (Zeneli, 66), Ayyari (Nyugren, 82), Straud (Ali, 66), Isak (Nilsson, 89), Gokeresh.

Россия - Украина уруши

Futbol bo‘yicha Jahon chempionati 2026

JCH-2026 o‘yinlariga oid barcha xabarlar bitta havolada.

Мавзуга оид

JCH-2026. Fransiya Shvetsiyani yirik hisobda yengib 1/8 finalga yo‘l oldi, Mbappeda dubl | Vaqt.uz