Logo

JCH-2026. Kot-d'Ivuar Ekvadorni mag‘lub etdi, Shvetsiyada 5:1

Бугун 09:151 дақиқа

APLda o‘ynaydigan futbolchilar hal qiluvchi gollarni urishmoqda.

JCH-2026. Kot-d'Ivuar Ekvadorni mag‘lub etdi, Shvetsiyada 5:1

Jahon chempionatida 1-tur bahslari davom etmoqda.

Ye guruhi doirasidagi ikkinchi o‘yinda Kot-d'Ivuar Dialloning 90-daqiqadagi goli evaziga Ekvadordan ustun keldi. Avvalroq guruhning birinchi bahsida Germaniya Kyurasaoni (7:1) tor-mor etgandi.

F guruhida Shvetsiya Tunis darvozasiga 5 ta gol urib, peshqadamga aylandi va pley-off sari katta qadam tashladi. Ayyari dublga erishdi, Gokeresh va Isak ham o‘z nomlarini tabloga yozdirib qo‘yishdi. Oldinroq Niderlandiya va Yaponiya (2:2) o‘zaro jangovar durang qayd etishgandi.

JCH-2026. 1-tur. 14-iyun
E guruhi
Kot-d'Ivuar — Ekvador 1:0
Gol:
Diallo (90).
Kot-d'Ivuar — Ya.Fofana, Due (Kossunu, 89), Singo, Agbadu, Konan, Diomande, S.Fofana (Sangare, 77), Kessie, Ture (Diallo, 56), Pepe (Oulai, 77), Vai (Bonni, 56).
Ekvador — Galindes, Ordonez, Pacho, Hinkapi, Minda (Angulo, 59), Franko (Poroso, 62), Kaysedo, Pedro, Plata, Yeboa (Presiado, 62), Valensiya (Rodriges, 77).
Ogohlantirishlar: S.Fofana (28), Kessie (38), Due (40), Poroso (73).

F guruhi
Shvetsiya — Tunis 5:1

Gollar: Ayyari (7, 90+6), Isak (30), Gokeresh (59), Svanberg (84) — Rekik (43).
Shvetsiya — Nordfeldt, Lagerbiyelke, Hin, Lindelyof, Karlstrom (Svanberg, 84), Bernhardsson (Svensson, 90+1), Nyugren (Bergvall, 65), Ayyari, Gudmundsson (Strud, 65), Gokeresh, Isak (Elanga, 90+1).
Tunis — Shamah, Valeri (Belhaj, 72), Rekik, Talbi, Bin Hamida, Abdi, Xedira (Garbi, 83), Shxiri (Ashuri, 72), Mejbri, Saad (Tunekti, 72), Slimane (Chauat, 84).
Ogohlantirish: Xedira (54).

Мавзуга оид