Logo

JCH-2026. Portugaliya dramatik bahsda Xorvatiya ustidan irodali g‘alabaga erishib, nimchorakfinalga yo‘l oldi

Бугун 06:111 дақиқа

Ronaldu mundiallar pley-offida ilk bor gol urdi, Modrich katta ehtimol bilan faoliyatidagi so‘nggi o‘yinini o‘tkazdi.

JCH-2026. Portugaliya dramatik bahsda Xorvatiya ustidan irodali g‘alabaga erishib, nimchorakfinalga yo‘l oldi

Jahon chempionatida 1/16 finalning markaziy o‘yinida Portugaliya Xorvatiya ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi. Perishichning goliga Ronaldu va Ramush javob berdi. Hal qiluvchi to‘p 90+3-daqiqada kiritildi. Shundan keyin ham xorvatlar 90+13-daqiqada gol urishgandi, ammo VAR orqali bekor qilindi.

41 yoshli Krishtianu mundiallarda ilk bor pley-offda gol urdi. Xorvatlarning 40 yoshli sardori Modrich esa katta ehtimol bilan faoliyatidagi so‘nggi o‘yinini o‘tkazdi.

Portugaliya 1/8 finalda Ispaniyaga qarshi o‘ynaydi.

JCH-2026. 1/16 final
Portugaliya — Xorvatiya 2:1

2-iyul, Toronto
Gollar: Ronaldu (68, penalti), Ramush (90+3) — Perishich (53).
Portugaliya — Koshta, Kanselu (Semedu, 63), Diash, Veyga, Mendesh, J.Nevesh, Vitinya (Silva, 62), Fernandesh (Ramush, 63), Netu (Konseysau, 63), Leau, Ronaldu (R.Nevesh, 81).
Xorvatiya — Livakovich, Stanishich, Shutalo, Pongrachich, Perishich, Modrich, Kovachich (Kramarich, 90+6), Vlashich (Gvardiol, 90+2), Suchich, Baturina (Pashalich, 68), Budimir (Matanovich, 46).
Ogohlantirishlar: Diash (17), Modrich (59), Perishich (90+8).

Россия - Украина уруши

Futbol bo‘yicha Jahon chempionati 2026

JCH-2026 o‘yinlariga oid barcha xabarlar bitta havolada.

Мавзуга оид