Jizzaxda 500 mln dollarlik IES ishga tushdi
Кеча 19:591 дақиқа
550 MVt quvvatga ega issiqlik elektr stansiyasi yiliga 4,4 mlrd kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqara oladi.

Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanida qurilgan issiqlik elektr stansiyasi 20-noyabr kuni O‘zbekistonning yagona energetika tizimiga ulandi va tarmoqqa elektr yetkazib berishni boshladi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.
Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, stansiya Turkiyaning «Cengiz Enerji» kompaniyasi bilan hamkorlikda qurilgan bo‘lib, unga o‘rnatilgan bug‘-gaz qurilmalari yiliga 500 mln kub metrgacha tabiiy gazni tejash imkonini beradi.
Eslatib o‘tamiz, 18-noyabr kuni O‘zbekistonda 272,6 mln kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqarilgan edi. Shundan qariyb 80 foizi issiqlik elektr stansiyalari hissasiga to‘g‘ri kelgan.





