Logo

Komil Allamjonov AQSH Milliy xavfsizlik kengashining katta direktori bilan uchrashdi

Бугун 21:221 дақиқа

Uchrashuvda Marko Rubioning O‘zbekistonga tashrifi, «C5+1» uchrashuvi va Samarqandda o‘tkaziladigan G20 sammiti kun tartibi muhokama qilindi.

Komil Allamjonov AQSH Milliy xavfsizlik kengashining katta direktori bilan uchrashdi

Prezident Administratsiyasi rahbarining maslahatchisi, O‘zbekistonning AQSHdagi vakili Komil Allamjonov AQSH Prezidentining maxsus yordamchisi, Milliy xavfsizlik kengashining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha katta direktori Maykl Jeremi bilan uchrashdi. Bu haqda Komil Allamjonov ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.

Uning yozishicha, uchrashuvda qator muhim tadbirlarni tashkil etish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilingan. Shuningdek, AQSH Davlat kotibi Marko Rubioning O‘zbekistonga rejalashtirilgan tashrifi, Samarqandda bo‘lib o‘tadigan «C5+1» uchrashuvi va Mayamida o‘tkaziladigan G20 sammiti kun tartibi yuzasidan fikr almashilgan.

Eslatib o‘tamiz, AQSH Davlat kotibi Marko Rubio oktabr oyida Samarqandda Markaziy Osiyo davlatlari tashqi ishlar vazirlari ishtirokidagi «C5+1» uchrashuvida qatnashishi kutilmoqda. Tashrif doirasida savdo-iqtisodiy hamkorlik, investitsiyalarni jalb qilish va energetika xavfsizligi masalalari ham muhokama qilinishi rejalashtirilgan.

Теглар

Мавзуга оид