Kuvayt jamg‘armasi Tojikistonda maktab qurilishi uchun 20 million dollar ajratadi
Tojikiston Moliya vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, mablag‘lar «Maktabni rivojlantirish» loyihasi doirasida imtiyozli kredit sifatida taqdim etiladi. Tojikiston hukumati ushbu tashabbusga qo‘shimcha 4,5 million dollar ajratadi.

Tojikiston va Kuvayt Arab Iqtisodiy Taraqqiyot Jamg‘armasi (KFAED) mamlakat ta’lim sohasini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash uchun 20 million dollar miqdoridagi kredit shartnomasini imzoladilar.
Kelishuv Tojikiston moliya vaziri Fayziddin Qahhorzoda va KFAED bosh direktori Valid al-Bahar tomonidan 23-iyun kuni Avstriyaning Vena shahrida Arab muvofiqlashtirish guruhi rahbarlarining uchrashuvlari doirasida imzolandi.
Tojikiston Moliya vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, mablag‘lar «Maktabni rivojlantirish» loyihasi doirasida imtiyozli kredit sifatida taqdim etiladi. Tojikiston hukumati ushbu tashabbusga qo‘shimcha 4,5 million dollar ajratadi.
Loyiha mamlakat bo‘ylab maktab yoshidagi bolalar sonining barqaror o‘sishi sharoitida umumiy ta’lim sifatini oshirish va ta’lim infratuzilmasiga bo‘lgan ortib borayotgan talabni qondirishga qaratilgan.
Ushbu mablag‘ Tojikistonning bir qancha shahar va tumanlaridagi ta’lim muassasalarini yangi maktablar qurish va zamonaviy jihozlar bilan ta’minlashga sarflanadi.





