Navbatdagi soat mashmashasi: Ishmetov taqqan soat muhokamalarga sabab bo‘lmoqda
Tarmoqlarda Markaziy bank raisi Temur Ishmetovning qo‘l soati qimmatbaho «Patek Philippe» ekani haqidagi xabarlar qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘ldi. Vaqt.uz vaziyatga oydinlik kiritish uchun Markaziy bank axborot xizmati bilan bog‘landi va asl manzaraga aniqlik kiritdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Markaziy banki raisi Timur Ishmetov qo‘l soati bilan bog‘liq ma’lumotlar keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Jumladan, xorijdan turib yuritiluvchi kanallardan biri ushbu aksessuar qiymatini taxminan 35 ming dollar bo‘lgan nodir Patek Philippe Calatrava modeli ekanligini taxmin qilgan.
Muhokamalarga sabab bo‘lgan surat aslida yangi emas, u 2021-yilda Ishmetov hali Moliya vaziri ekani paytida xalqaro biznes jurnalisti Ryan Chilcote’ga bergan intervyu jarayonidan olingan.
Vaqt.uz holatga aniqlik kiritish maqsadida Markaziy bank axborot xizmati rahbari Dildora Jo‘rayeva bilan bog‘landi va rasmiy tushuntirish oldi. Jo‘rayevaga ko‘ra, jamoatchilik o‘rtasida tarqalgan ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi va soat brendi noto‘g‘ri talqin qilinmoqda.
“Vaziyat bo‘yicha hozirgina Timur Aminjanovich bilan bog‘landim. U tarmoqlarda tarqalayotgan xabarlarni keskin inkor qildi va soat o‘sha vaqt hisobida 300-350 dollar atrofida baholangan Tissot brendiga bog‘liq soat ekanini bildirdi”, dedi Jo‘rayeva. U bunga qo‘shimcha Ishmetov hozir ham foydalanayotgan soat suratini ham yubordi.
Markaziy bank vakili shuningdek, jamoatchilikdan ma’lumotlarni tarqatishda aniqlashtirilgan faktlarga tayanishni va asossiz xabarlarga tayanmaslikni so‘rab qoldi.





