Noqonuniy dori mahsulotlari musodara qilindi

Бугун 09:231 дақиқа

Toshkent viloyatida qiymati taxminan 1 milliard so‘mga baholangan noqonuniy dorilar savdosi aniqlandi.

Noqonuniy dori mahsulotlari musodara qilindi © DXX matbuot xizmati

Davlat xavfsizlik xizmati va Bojxona idoralari tomonidan hamkorlikda tezkor tadbir davomida Toshkent viloyatining Toshkent tumanida yashovchi 1991 yilda tug‘ilgan shaxs faoliyati fosh etildi. U o‘z uyida xorijdan aylanma yo‘llar orqali olib kelingan dori vositalarini saqlab, poytaxtdagi dorixonalarga sotish bilan shug‘ullangan.

Sifati kafolatlanmagan dorilar

Omborxona tekshirilganda 119 turdagi dori vositalari topildi. Ularning umumiy soni 3356 qutida 76 318 donani tashkil etgan. Ular orasida «Frotu», «Budenofalk», «Gaviscon», «Baraclude» kabi dorilar mavjud.

Aniqlangan dori vositalari protsessual tartibda musodara qilinib, ularning dastlabki qiymati taxminan 1 milliard so‘mga baholandi. Bu holat noqonuniy farmatsevtika bozori hajmining yuqoriligini ko‘rsatmoqda.

Hozirda ushbu dori vositalaridan namunalar olinib, ekspertiza o‘tkazish uchun Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markaziga yuborildi. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari davom etmoqda.

Теглар

Мавзуга оид