Otabek Umarov nomidan tarqalgan videolar feyk ekani ma’lum qilindi

Бугун 18:251 дақиқа

Ijtimoiy tarmoqlarda Otabek Umarov nomidan onlayn kazinoni targ‘ib qiluvchi videolar tarqaldi, rasmiylar esa ular sun’iy intellekt orqali yaratilgan soxta material ekanini bildirdi.

Otabek Umarov nomidan tarqalgan videolar feyk ekani ma’lum qilindi

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi raisi birinchi o‘rinbosari Otabek Umarov nomidan tarqalgan videolar soxta ekani ma’lum qilindi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati rasmiy munosabat bildirdi.

Ma’lum qilinishicha, ushbu videolar haqiqatga mutlaqo to‘g‘ri kelmaydi va sun’iy intellekt texnologiyalari yordamida yaratilgan. Videodagi tasvir va ovoz real shaxsga tegishli emas hamda jamoatchilikni chalg‘itishga qaratilgan.

Qo‘mita bunday materiallar orqali fuqarolarni aldash holatlari kuzatilayotganini ta’kidlab, aholini soxta axborotlarga ishonmaslikka chaqirdi. Rasmiylar faqat ishonchli manbalarga tayanish zarurligini eslatdi.

Shu bilan birga, bu kabi holatlar avval ham kuzatilgani qayd etildi. Xususan, vazirlik va idoralar rahbarlari nomidan ochilgan soxta akkauntlar orqali turli yolg‘on xabarlar tarqatilgani haqida ogohlantirishlar berilgan.

Avval ham Otabek Umarov nomidan soxta akkauntlar ochilib, feyk ma’lumotlar tarqatilgani ma’lum qilingan edi. Mutaxassislar bunday holatlar axborot xavfsizligiga jiddiy tahdid solishini ta’kidlamoqda.

Теглар

Мавзуга оид