Ovqatdan ommaviy zaharlanish. Hozirgacha nimalar ma’lum?
25.02.2026 | 19:551 дақиқа
Farg‘ona shahridagi davlat bog‘chalarida yuz bergan ommaviy zaharlanish oqibatida 62 nafar bola kasallandi.
25-fevral soat 08:00 holatiga ko‘ra, kasallanganlarning 22 nafariga uylariga salomatligi yaxshi bo‘lgani uchun javob berilgani ma’lum qilindi. Aniqlanishicha, bog‘chalarga oziq-ovqatlarni Garden Catering Trade kompaniyasi yetkazgan. 2024-yilda tashkilot «tajriba» doirasida hokim qarori bilan mahsulot yetkazib berish huquqini olgan. U, bir necha qoidabuzarliklarga qaramay, faoliyatini davom ettirib, tendersiz 100 mlrd so‘mdan ortiq shartnomalar imzolagan.






