Logo

O‘zbekiston iqtisodiyotida so‘nggi besh yildagi eng yuqori natija qayd etildi

Бугун 08:001 дақиқа

Markaziy Osiyo iqtisodiyoti jadal o‘sishda davom etmoqda. O‘zbekiston yarim yillik natija bo‘yicha mintaqa davlatlari orasida ikkinchi o‘rinni egalladi.

O‘zbekiston iqtisodiyotida so‘nggi besh yildagi eng yuqori natija qayd etildi © Ijtimoiy tarmoqlar

2026 yil birinchi yarmida O‘zbekiston iqtisodiyoti 8,5 foizga o‘sdi. Bu Markaziy Osiyodagi eng yuqori ko‘rsatkichlardan biri bo‘lib, respublika faqat Qirg‘izistondan ortda qoldi. Bu haqda Yevroosiyo taraqqiyot bankining sentabr oyidagi makroiqtisodiy sharhida ma’lum qilindi.

Mintaqa iqtisodiyoti umumiy hisobda 6 foizga o‘sgan. Qirg‘izistonda o‘sish 11,1 foizni, Tojikistonda 8,2 foizni, Qozog‘istonda esa 4,1 foizni tashkil etgan. YeABR bahosiga ko‘ra, O‘zbekistonning yarim yillik 8,5 foizlik o‘sishi so‘nggi besh yildagi eng yuqori natija bo‘lgan.

O‘zbekistonda o‘sishning asosiy drayverlari xizmatlar sohasi, sanoat va qurilish bo‘lgan. YeABR tahlilchilari 2026 yil yakunida mamlakat yalpi ichki mahsuloti qariyb 8 foizga o‘sishini tahmin qilmoqda.

Inflatsiya ham pasaymoqda

Qayd etilishicha, O‘zbekistonda inflatsiya maqsadli ko‘rsatkich sari sekinlashishda davom etmoqda.

Shuningdek, jahon bozorida energiya manbalari va oziq-ovqat mahsulotlari narxining oshishi Tojikiston va Qirg‘izistonda inflatsiyaning tezlashishiga olib kelgan.

Qozog‘istonda esa yuqori stavka hamda Hukumat va Milliy bankning birgalikdagi chora-tadbirlari inflatsiyani 2025 yil oxiridagi 12,3 foizdan avgust oyida 9,8 foizgacha sekinlashtirish imkonini bergan.

Теглар

Мавзуга оид