Logo

O‘zbekiston mahsulotlarini eng ko‘p qaysi davlatlarga sotmoqda?

2026-yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekistonning eksport hajmi qariyb 10 mlrd AQSH dollarini tashkil etdi.

O‘zbekiston mahsulotlarini eng ko‘p qaysi davlatlarga sotmoqda? © novosti.tj

2026 yilning dastlabki to‘rt oyida Rossiya O‘zbekistonning eng yirik eksport bozori bo‘lib qoldi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2026 yil yanvar–aprel oylarida O‘zbekistonning umumiy eksport hajmi qariyb 10 mlrd dollarga yetgan.

2026 yilning dastlabki to‘rt oyida O‘zbekiston eksportida eng yuqori ulushga ega bo‘lgan davlatlar:

Rossiya — 1,5 mlrd dollar

Xitoy — 919,6 mln dollar

Afg‘oniston — 643,7 mln dollar

Fransiya — 498,6 mln dollar

Qozog‘iston — 425,5 mln dollar

Turkiya — 361,4 mln dollar

Birlashgan Arab Amirliklari — 265,5 mln dollar

Qirg‘iziston — 254,2 mln dollar

Tojikiston — 213,3 mln dollar

AQSH — 122,5 mln dollar

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2025 yilda Markaziy Osiyo mamlakatlariga eksportning umumiy eksportdagi ulushi 9,8 foizdan 9,3 foizgacha pasaygani haqida ma’lumot bergan edik. 2021 yil bilan taqqoslaganda, Markaziy Osiyo mamlakatlarining umumiy eksportdagi ulushi 6,7 foiz bandga, maxsus tovarlarsiz eksportdagi ulushi esa 4,8 foiz bandga qisqargan.

Теглар

Мавзуга оид

O‘zbekiston mahsulotlarini eng ko‘p qaysi davlatlarga sotmoqda? | Vaqt.uz