O‘zbekiston–Qozog‘iston chegarasidagi «G‘ishtko‘prik» bojxona posti 25-noyabrdan ochiladi
2025-yil 5-fevralda rekonstruksiya uchun yopilgan chegara o‘tkazish punkti 25-noyabr soat 16:00 dan fuqarolarga xizmat ko‘rsatishni boshlaydi.
© Bojxona qo’mitasiToshkent viloyatidagi to‘liq qayta qurilgan «G‘ishtko‘prik» chegara bojxona posti 25-noyabr kuni soat 16:00 dan boshlab fuqarolar uchun ochiladi. Bu haqda Bojxona qo‘mitasi matbuot kotibi Husan Tangriyev ma’lum qildi.
Qozog‘iston tomonidan «Jibek Joli» deb nomlanuvchi ushbu postda qariyb ikki yil davom etgan qurilish ishlari yakunlandi. Qo‘mitaning tushuntirishicha, fuqarolar o‘tishi boshlanguniga qadar postda O‘zbekiston va Qozog‘iston rasmiy delegatsiyalari ishtirokida ochilish hamda topshirish-qabul qilish tadbirlari o‘tkaziladi.
Eslatib o‘tamiz, «Chernyayevka» nomi bilan ham tanilgan «G‘ishtko‘prik» chegara posti 2025-yil 5-fevraldan ta’mirlash uchun yopilgan edi. Dastlab bu jarayon to‘rt oy davom etishi kerak edi.
Avvalroq Tojikiston bilan chegarada yana uchta postda qurilish ishlari boshlanishi haqida xabar berilgandi.





