O‘zbekistonda Ikkinchi jahon urushi faxriylari soni ma’lum qilindi

Бугун 17:311 дақиқа

O‘zbekistonda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan faxriylarga har yili mukofot puli beriladi.

O‘zbekistonda Ikkinchi jahon urushi faxriylari soni ma’lum qilindi © Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekistonda 2026 yil 6-may holatiga ko‘ra, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan jami 60 nafar faxriy yashamoqda. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, faxriylar tarkibida 19 nafar konslager tutquni, 14 nafar urush qatnashchisi, 14 nafar urush nogironi hamda 13 nafar Leningrad qamali qatnashchisi bor.

Faxriylarning hududlar bo‘ylab joylashuvi quyidagicha:

Toshkent shahri — 28 nafar;

Toshkent viloyati — 11 nafar;

Farg‘ona viloyati — 5 nafar;

Andijon, Buxoro hamda Xorazm viloyatlarida — 3 nafardan;

Namangan va Qashqadaryo viloyatlarida — 2 nafardan;

Jizzax, Samarqand va Surxondaryo viloyatlarida — 1 nafardan.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Navoiy va Sirdaryo viloyatlarida esa hozirda birorta ham urush qatnashchisi qolmagan.

Bir yil avval respublika bo‘yicha jami 82 nafar faxriy ro‘yxatda bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlarining har biriga 30 mln so‘mdan bir martalik mukofot puli berilishi belgilangan.

Теглар

Мавзуга оид

O‘zbekistonda Ikkinchi jahon urushi faxriylari soni ma’lum qilindi | Vaqt.uz