Logo

O‘zbekistonda kuzning ikkinchi haftasi qanday havo bilan boshlanadi?

07.09.2025 | 17:002 дақиқа

8 sentyabr, dushanba kuni mamlakatning katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi, havo biroz bulutli va o‘zgaruvchan bo‘ladi.

O‘zbekistonda kuzning ikkinchi haftasi qanday havo bilan boshlanadi?
Toshkent shahrida kunduzi +30...+32 daraja issiq bo‘lib, kechasi +18...+20 daraja atrofida bo‘ladi. Respublika markaziy va g‘arbiy hududlarida ham shunday havo hukm surishi kutilmoqda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida kunduzi esa +27...+32 daraja, kechasi esa +13...+18 daraja bo‘ladi. Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo +30...+35 darajagacha isiydi, kechasi +15...+20 darajaga tushadi. Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida ham shu kabi harorat saqlanib, kunduzgi +30...+35 daraja, kechasi +15...+20 darajani tashkil etadi. Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida eng yuqori issiq kuzatilib, kunduzi +33...+38 darajagacha ko‘tariladi, kechasi +17..+22 darajani tashkil qiladi. Farg‘ona vodiysi viloyatlarida esa kunduzgi harorat +30...+35 daraja bo‘lib, shamol ayrim joylarda sekundiga 18 metrgacha kuchayishi mumkin. Tog‘li hududlarda nisbatan salqinroq havo saqlanadi. Bu yerda kechasi +12...+17 daraja, kunduzi +20...+25 daraja bo‘lishi kutilmoqda. Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysi tog‘li hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi hamda momaqaldiroq bo‘lishi ehtimoldan xoli emas.

Теглар

Мавзуга оид

O‘zbekistonda kuzning ikkinchi haftasi qanday havo bilan boshlanadi? | Vaqt.uz