O‘zbekistonda MCHJlar soni 331 mingdan oshdi
Mamlakatda faoliyat yuritayotgan tijorat tashkilotlarining qariyb to‘rtdan uch qismi mas’uliyati cheklangan jamiyatlar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

O‘zbekistonda mas’uliyati cheklangan jamiyatlar soni 331 mingdan oshdi. Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil 1-mart holatiga ko‘ra mamlakatda jami 419 mingta tijorat tashkiloti faoliyat yuritmoqda.
Shularning 331 ming 686 tasi mas’uliyati cheklangan jamiyatlar hisoblanadi. Bu esa mamlakatdagi umumiy korxonalar sonining 79,1 foizini tashkil etadi. Bunday ko‘rsatkich mazkur tashkiliy-huquqiy shakl tadbirkorlar orasida eng ommabop ekanini ko‘rsatmoqda.
Statistika ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda xususiy korxonalar soni ham sezilarli ulushni tashkil etadi.
2026-yil mart oyi boshiga kelib, xususiy korxonalar soni 47 ming 28 taga yetgan. Bu esa jami tijorat tashkilotlarining 11,2 foizini tashkil etadi.
Oilaviy korxonalar soni esa 36 ming 518 tani tashkil qilib, ularning ulushi 8,7 foizga teng.
Aksiyadorlik jamiyatlari soni esa nisbatan kam bo‘lib, mamlakatda 637 ta shunday korxona faoliyat ko‘rsatmoqda. Bu umumiy tijorat tashkilotlarining 0,2 foiziga teng.
Shuningdek, boshqa turdagi tashkiliy-huquqiy shakllardagi korxonalar soni 3 ming 358 tani tashkil etadi. Ularning ulushi 0,8 foizini tashkil etadi.





