O‘zbekistonda otaning ismini bolaga familiya qilib berish mumkin bo‘ladi
Amaldagi normaga ko‘ra, bolaning familiyasi ota-onaning familiyasiga qarab belgilanadi. Ota yoki ona tomonidan milliy an’analarga ko‘ra boboning ismi ham familiya qilib berilishi mumkin.

Senatning 8-avgust kuni bo‘lib o‘tgan 18-yalpi majlisida otaning ismini bolaga familiya qilib berishga ruxsat etuvchi qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.
Amalda bolaning familiyasi ota-onaning familiyasiga qarab belgilanadi. Ota yoki ona tomonidan milliy an’analarga ko‘ra boboning ismi ham familiya qilib berilishi mumkin. Ota-ona o‘rtasida bolaning ismi yoki familiyasi bo‘yicha kelishuv bo‘lmaganda, kelib chiqqan nizo vasiylik va homiylik organi tomonidan hal etiladi.
Shuningdek, qonun bilan Oila kodeksining 69-moddasiga otaning ismini bolaga familiya sifatida berish bo‘yicha o‘zgartirish kiritilmoqda.
Senatorlar otaning ismini bolaga familiya sifatida berilishining qonunchilikda belgilanishi fuqarolarga qo‘shimcha qulayliklar yaratib, milliy va diniy an’analarga muvofiq ularning xohish-istaklarini ro‘yobga chiqarishga xizmat qilishini ta’kidladi.
Qonun senatorlar tomonidan ma’qullanib, imzolash uchun prezidentga yuborildi.





