Logo

O‘zbekistonda zilzila sodir bo‘ldi

Yer silkinishi qariyb bir daqiqa davom etdi. FVV huzuridagi Seysmoprognostik monitoring respublika markazi ma’lumotiga ko‘ra, zilzila epitsentri Toshkentdan 499 kilometr janubiy-sharqda, Afg‘onistonning Badaxshon viloyatida joylashgan. Zilzilaning magnitudasi 6,8 ballni, chuqurligi esa 224 kilometrni tashkil etdi.

O‘zbekistonda zilzila sodir bo‘ldi

27-iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 18:34 da Afg‘onistonda 6,8 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Respublika Seysmoprognostik monitoring markazi ma’lumotiga ko‘ra, yer silkinishi O‘zbekistonning bir qator hududlarida ham sezilgan. Uning epitsentri Afg‘onistonning Badaxshon viloyatida, Toshkentdan 499 kilometr janubi-sharqda joylashgan. Zilzila o‘chog‘i 224 kilometr chuqurlikda bo‘lib, magnitudasi 6,8 balni tashkil etgan. 

Zilzilaning O‘zbekiston hududida sezilish kuchi:

Surxondaryo viloyatida 4-5 ball, 261 km.

Farg‘ona viloyatida 4 ball, 417 km.

Jizzax viloyatida 4 ball, 417 km.

Samarqand viloyatida 4 ball, 421 km.

Sirdaryo viloyatida 4 ball, 424 km.

Qashqadaryo viloyatida 4 ball, 446 km.

Andijon viloyatida 3-4 ball, 477 km.

Namangan viloyatida 3-4 ball, 479 km.

Toshkent viloyatida 3-4 ball, 495 km.

Toshkent shahrida 2-3 ball, 499 km.

Navoiy viloyatida 2 ball, 554 km.

Buxoro viloyatida 2 ball, 597 km.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Venesuela va Yaponiyada ham kuchli zilzila sodir bo‘lganligi haqida xabar bergan edik.

Теглар

Мавзуга оид