O‘zbekistondagi avtotransportlar soni qariyb 5 millionga yetdi
O‘tgan yilning mos davriga nisbatan avtomobillar soni 344,6 mingtaga oshgan. Ularning asosiy qismini yengil avtomobillar tashkil etmoqda.
© vaqt.uz2026-yilning 1-aprel holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda jismoniy shaxslarga tegishli 4 903,1 mingta avtotransport vositalari ro‘yxatga olingan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, aholiga tegishli avtomobillarning asosiy qismini, ya’ni 92,8 foizini yengil avtotransport vositalari tashkil etmoqda.
Jismoniy shaxslarga tegishli avtotransport vositalari turlari bo‘yicha quyidagicha taqsimlangan:
– yengil avtomobillar – 4 552,3 ming dona;
– yuk avtomobillari – 330,3 ming dona;
– mikroavtobuslar – 7,5 ming dona;
– maxsus transport vositalari – 7,2 ming dona;
– avtobuslar – 5,8 ming dona.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistondagi avtomobillar soni 2025 yilning mos davriga nisbatan 344,6 mingtaga oshgan.
Eslatib o‘tamiz, 2026 yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekistonda 121 601 dona avtomobil sotilgan.





