Logo

O‘zbekistonlik tadbirkor Mo‘minjon Yo‘ldoshevga xalqaro qidiruv e’lon qilindi

Бугун 18:552 дақиқа

2023-yilda u xususiy «Madad Invest Bank» aksiyalariga egalik qilgan, biroq hozirda uning nomi bank aksiyadorlari ro‘yxatida ko‘rsatilmagan.

O‘zbekistonlik tadbirkor Mo‘minjon Yo‘ldoshevga xalqaro qidiruv e’lon qilindi © Ijtimoiy tarmoqlar

Tadbirkor Mo‘minjon Yo‘ldoshev O‘zbekiston so‘roviga ko‘ra xalqaro qidiruvga berildi. Uning Interpol saytida «qizil xabarnoma» (red notice) kartochkasi e’lon qilingan.

«Interpol’ning qizil xabarnomasi» (red notice) — shaxsni xalqaro qidirish va hibsga olish bo‘yicha xalqaro so‘rovdir. Bunda davlat boshqa mamlakatlardan ushbu shaxsni topish va vaqtincha hibsga olishni so‘raydi. Shundan so‘ng uni ekstraditsiya qilish (topshirish) masalasi hal etiladi.

photo_2026-09-20_18-36-24


Tashkilot ma’lumotlariga ko‘ra, Mo‘minjon Yo‘ldoshev 1976-yil 18-fevralda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. Bo‘yi — 175 santimetr, vazni — 95 kilogramm. U o‘zbek va rus tillarini biladi.

Qidiruvga berish uchun O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) asos sifatida ko‘rsatilgan. Mazkur jinoyat uchun BHMning 300 dan 360 baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.

Aprel oyida Gomel viloyati ijroiya qo‘mitasi raisi Ivan Krupko Farg‘ona viloyatidan bo‘lgan biznesmen sifatida tanishtirilgan Mo‘minjon Yo‘ldoshev bilan muzokaralar o‘tkazgan. Iyul oyida Belarusning «Bellegprom» konserni raisi Nadejda Lazarevich Farg‘ona viloyati delegatsiyasi bilan uchrashgan. Delegatsiya tarkibida Mo‘minjon Yo‘ldoshev INKAS kompaniyasining hamkor-investori sifatida tanishtirilgan.

2023-yilda u xususiy «Madad Invest Bank» aksiyalariga egalik qilgan, biroq hozirda uning nomi bank aksiyadorlari ro‘yxatida ko‘rsatilmagan.

2019-yilda Jahon banki Sirdaryo viloyatidagi suv ta’minoti loyihasi bo‘yicha o‘tkazilgan tekshiruvdan so‘ng Mo‘minjon Yo‘ldoshev va u bilan bog‘liq kompaniyalarga nisbatan sanksiyalar joriy qilgan. Bank materiallarida Yo‘ldoshev tenderda raqobatlashgan ishtirokchi vakiliga bosim o‘tkazgani va davlat xizmatchilari bilan til biriktirgani qayd etilgan.

Yo‘ldoshev, uning «Quvasoy Ta’mir Qurilish» kompaniyasi (keyinchalik «Stroy Montaj Invest» deb nomlangan) va u bilan bog‘liq tuzilmalar bir necha yil davomida Jahon banki loyihalarida ishtirok etishdan chetlashtirilgan. Ushbu qaror qator xalqaro moliya institutlari tomonidan o‘zaro sanksiyalar qo‘llanilishiga ham asos bo‘lgan.

2022-yilda e’lon qilingan «UzInvestigations» hisobotida Yo‘ldoshev «Madad Invest Bank»ning yirik aksiyadori va kuzatuv kengashi raisi sifatida ham tilga olingan. Biroq hozirda uning nomi bank aksiyadorlari ro‘yxatida ko‘rsatilmagan. Shuningdek, u qurilish, to‘qimachilik va poyabzal sanoatidagi «Baxodir Log’on Tekstil», «Vodiy Shoes» va «Royal Dizayn Loyiha» kabi korxonalar bilan bog‘liq shaxs sifatida qayd etilgan.

Теглар

Мавзуга оид