Logo

Parkentdagi xalqaro «Uzum sayli» mahalliy budjetni 2,4 mlrd so‘mga tushirmoqda

Бугун 16:192 дақиқа

Ushbu mablag‘lar viloyat mahalliy budjetining 2026-yil II chorak daromadlar rejasinining orttirib bajarilgan qismi hisobidan qoplangan. Pullar tadbir xarajatlari uchun bevosita «Parkent tuman hokimligi qoshidagi xo‘jalik hisobidagi direksiya»ga o‘tkazib berishga yo‘naltirilgan. Hujjatni tuman hokimi imzolagan.

Parkentdagi xalqaro «Uzum sayli» mahalliy budjetni 2,4 mlrd so‘mga tushirmoqda

21-avgust kuni Toshkent viloyati Parkent tumanida an’anaviy to‘rtinchi «Uzum sayli» festivali boshlandi. Zarkent qishlog‘ida o‘tkazilayotgan ushbu xalqaro tadbir xarajatlari uchun mahalliy budjetning orttirilgan qismi hisobidan 2 milliard 453 million so‘mdan ziyod mablag‘ yo‘naltirilgan.

Parkent tumani hokimi Elmurod Po‘latovning 2026-yil 13-avgustdagi 192-10-141-F/26-sonli farmoyishiga asosan, «Uzum sayli va vinochilik xalqaro vino festivali» tadbirini o‘tkazish xarajatlari uchun jami 2 mlrd 453 mln 920 ming 903 so‘m ajratilgan. Hujjatga ko‘ra, ushbu mablag‘lar viloyat mahalliy budjetining 2026-yil II chorak daromadlar rejasinining orttirib bajarilgan qismi hisobidan qoplangan. Pullar tadbir xarajatlari uchun bevosita «Parkent tuman hokimligi qoshidagi xo‘jalik hisobidagi direksiya»ga o‘tkazib berishga yo‘naltirilgan.

Bu mablag‘ ajratilishi yuzasidan dastlabki qaror (282-10-0-F/26-sonli farmoyish) Toshkent viloyati hokimi tomonidan 11-avgust kuni qabul qilingan bo‘lib, tuman hokimligi aynan shu hujjat ijrosini ta’minlagan.

Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad — hududning uzumchilik an’analarini keng targ‘ib qilish va Parkent tumanining etnoturizm salohiyatini yanada oshirishdir.

Ikki kun davom etadigan festivalda respublikaning turli hududlaridan kelgan fermerlar, etnoturizm vakillari hamda ishlab chiqaruvchi korxonalar ishtirok etmoqda. Tadbir dasturidan nafaqat madaniy-ko‘ngilochar chiqishlar, balki soha mutaxassislari uchun amaliy uchrashuvlar ham o‘rin olgan. Xususan, sayl doirasida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ko‘rgazmasi, uzumchilikni rivojlantirishga bag‘ishlangan xalqaro forumlar hamda milliy folklor jamoalari ishtirokidagi shou-dasturlar bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xivadagi «Qovun sayli» festivali Ginnes rekordlari kitobiga kiritilgandi.

Теглар

Мавзуга оид