Logo

Ronaldu jamoasiga qarshi o‘yin «Neftchi»ga qimmatga tushdi: klub jarimaga tortildi

08.11.2026 | 14:401 дақиқа

OFK «Neftchi»ni «Al-Nasr»ga qarshi o‘yindagi tartibsizliklar uchun jarimaga tortdi.

Ronaldu jamoasiga qarshi o‘yin «Neftchi»ga qimmatga tushdi: klub jarimaga tortildi © ProSport

Osiyo futbol konfederatsiyasi Farg‘onaning «Neftchi» klubini Saudiya Arabistonining «Al-Nasr» jamoasiga qarshi o‘yindagi tartibsizliklar uchun 3 600 AQSH dollari miqdorida jarimaga tortdi.

joriy yilning 12-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan uchrashuvda «Neftchi» Krishtianu Ronaldu to‘p suradigan Saudiya Arabistoni klubiga 3:1 hisobida imkoniyatni boy bergan. Konfederatsiya Farg‘ona klubini futbolchilar tomonidan yuzaga keltirilgan ommaviy tartibsizliklar sababli jazolagan. Xususan, mazkur o‘yin davomida «Neftchi»ning birdaniga besh nafar o‘yinchisi hakam tomonidan sariq kartochka bilan ogohlantirilgan.

Shu bilan birga, mazkur uchrashuv ortidan «Neftchi» yarim himoyachisi Ikromjon Aliboyevga nisbatan ham alohida jazo chorasi qo‘llanilgan edi. Qayd etilishicha, futbolchi mazkur o‘yindagi harakatlari uchun 2 000 AQSH dollari miqdorida jarimaga tortilgan.

Теглар

Мавзуга оид